| Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich | |
|---|---|
qozoqcha: Тұрсынхан Айдарұлы Құдайбергенов | |
| Mansab davri 2022-yil 1-martdan – hozirgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
| Mansab davri 2018-yil 23-apreldan – 2022-yil 1-martgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Rustam Joʻrayev |
| Vorisi | Abdulla Qoʻldoshev |
| Mansab davri 2010-yil 23-martdan – 2016-yil 26-dekabrgacha | |
| Prezident | Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Qosimali Ahmedov |
| Vorisi | Rustam Joʻrayev |
| Mansab davri 2016-yil 26-dekabrdan – 2023-yil 20-avgustgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
| Vorisi | Doniyor Qodirov |
| Mansab davri 2001-yildan – 2006-yilgacha | |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Umar Ismoilov |
| Vorisi | Ahmadjon Saidaliyev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1951-yil 20-may Toshkent viloyati Chinoz tumani |
| Mukofotlari | |
| Xizmat yillari | 1974-yildan |
| Unvoni | General-leytenant |
Tursinxan Aydarovich Xudaybergenov (qozoqcha: Тұрсынхан Айдарұлы Құдайбергенов, 1951-yil 20-may, Toshkent viloyati) – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi (2001—2006-yillarda va 2016-yildan hozirgi kunga qadar). Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri (2010—2016 va 2018—2022-yillarda), Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylar masalalari vaziri (2022-yildan 2023-yilgacha), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi (2005—2010-yillarda va 2020-yildan).
Biografiyasi
Tursinxon Xudayberganov 1951-yil 20-may kuni Toshkent viloyati Chinoz tumanida tugʻilgan. Millati – qozoq.
Taʼlim
1969—1973-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi, 1980—1982-yillarda SSSR Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tinglovchisi.
Mehnat faoliyati
1968—1969-yillarda Chinoz tumanidagi 20-oʻrta maktab direktori oʻrinbosari.
1973—1980-yillarda Chirchiq shahar ichki ishlar boʻlimi voyaga yetmaganlar bilan ishlash boʻlinmasi inspektori, boʻlinma boshligʻi.
1982—1987-yillarda Boʻka tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi.
1987—1989-yillarda Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi jamoat tartibini saqlash xizmati boshligʻi.
1989—1991-yillarda Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.
1991—1997-yillarda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari.
1997—2001-yillarda Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.
2001—2006-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralarining faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat maslahatchisi.
2005—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi.
2006-yil qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari.
2006—2010-yillarda Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.
2010—2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri.
2016-yil 20-dekabrdan 2023-yil 20-avgustgacha Oʻzbekiston Prezidentining Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi boʻlgan.
2018—2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri vazifalarida faoliyat olib borgan.
2020-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi.
2022-yildan 2023-yilgacha – Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylar masalalari vaziri.
2023-yil 20-avgustda Prezidentning Orolboʻyi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi etib tayinlandi.
Mukofotlari
1997-yilda 2-darajali Shon-sharaf ordeni bilan mukofotlangan
2020-yilda Qozogʻistonning 2-darajali „Doʻstiq“ ordeni berilgan.
2021-yilda tavalludining 70 yilligi munosabati bilan Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi faxriy unvoni berilgan
2026-yilda tavalludining 75 yilligi munosabati bilan Fidokorona xizmatlari uchun ordeni berilgan.
Oilasi
Oʻgʻli Xudayberganov Artik Tursinxanovich — 2017-yildan Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, polkovnik.
- 20-mayda tugʻilganlar
- 1951-yilda tugʻilganlar
- Chinoz tumanida tugʻilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiylari
- Fidokorona xizmatlari uchun ordeni sohiblari
- Shon-sharaf ordeni sohiblari
- Qozogʻistonning Doʻstlik ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolari
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekiston generallari
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Oʻzbekiston senatorlari
- Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari
- Oʻzbekiston qozoqlari
- Alifbo boʻyicha siyosatchilar

