![]() Saponara 2013-yilda | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Riccardo Saponara | ||
| Tavallud sanasi | 1991-yil 21-dekabr | ||
| Tavallud joyi | Forlì, Italiya | ||
| Boʻyi | 1.85 m | ||
| Ampluasi | hujumkor yarim himoyachi | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2000—2004 | Sammartinese | ||
| 2004—2007 | Sporting Forlì | ||
| 2007—2009 | Ravenna | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2008—2009 | Ravenna | 2 | (0) |
| 2009—2013 | Empoli | 84 | (12) |
| 2013—2015 | Milan | 8 | (0) |
| 2015—2018 | Empoli | 68 | (14) |
| 2017—2018 | → Fiorentina | 29 | (2) |
| 2018—2023 | Fiorentina | 60 | (7) |
| 2018—2019 | → Sampdoria | 22 | (2) |
| 2019—2020 | → Genoa | 4 | (0) |
| 2020 | → Lecce | 13 | (2) |
| 2021 | → Spezia | 9 | (2) |
| 2023–2024 | Hellas Verona | 12 | (0) |
| 2024–2025 | Ankaragücü | 21 | (2) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2009 | Italiya U18 | 3 | (0) |
| 2009 | Italiya U19 | 1 | (0) |
| 2011—2013 | Italiya U21 | 22 | (3) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 21-may uchun) | |||
Riccardo Saponara (talaffuzi: Rikkardo Saponara) (1991-yil 21-dekabrda tugʻilgan) – italiyalik professional futbolchi. Riccardo Saponara A Seriyaning vakili „Fiorentina“ klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi oʻyin faoliyati
Ravenna
Riccardo Saponara oʻzining professional faoliyatini „Ravenna“ klubida boshlagan. 2009-yilning yanvari oyida Riccardo Saponara „Empoli“ klubi bilan 700 000 yevro evaziga birgalikda egalik qilish shartnomasiga imzo chekdi. 2010-yil iyun oyida Riccardo Saponara „Empoli“ klubi bilan yana 550 000 yevrolik shartnoma imzoladi.
Empoli va Milan
Dastlab qanotda oʻynagan Riccardo Saponarani „Empoli“ klubi bosh murabbiyi Maurizio Sarri B seriyaning 2012— 2013-yilgi mavsumida hujumchilar ortidagi markaziy oʻringa oʻtkazdi. Murabbiyning bu qarori oʻzinin oqladi, chunki Riccardo Saponara klub uchun 40 ta oʻyinda 13 ta gol va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U „Empoli“ klubini B Seriyaning pley-off finaliga olib chiqdi va finalda klub „Livorno“ klubiga imkoniyatni boy berdi.
2013-yilning yanvarida milanliklar „Empoli“ klubidan 21 yoshli Riccardo Saponarani mavsum oxirigacha „Empoli“ klubida qolish sharti bilan sotib oldi. „Milan“ uning hamkorligi uchun 3,75 million yevro toʻlagan va 4+1⁄2 yillik shartnoma imzolagandi. Riccardo Saponara 2013— 2014-yilgi mavsumda A Seriyaning yettita oʻyinida atigi 218 daqiqa oʻynadi va bironta ham gol urolmadi va assistentlik ham qila olmadi. 2014-yilning iyunida „Milan“ „Parma“ning yarmini atigi 1 million yevro evaziga sotib oldi.
Empoli klubiga qaytish
2015-yil 16-yanvarda Riccardo Saponara sotib olish huquqi bilan ijara shartnomasi asosida „Empoli“ klubiga qaytdi. Riccardo Saponara klubga qaytganidan toʻrt kundan oʻtib Italiya kubogi doirasidagi „Roma“ – „Empoli“ (2:1 hisob) uchrashuvida maydonga tushdi. Shundan soʻng Riccardo Saponara „Empoli“ klubining „Udinese“ klubiga qarshi oʻyinida (1:2) ligaga qaytdi va penaltidan hisobni ochdi. Bu Riccardo Saponaraning A Seriyadagi birinchi goli edi. 2015-yilning 22-martida Riccardo Saponara oʻzining ilk dublini „Sassuolo“ga qarshi oʻyinda (3:1) kiritdi. 13-may kuni Riccardo Saponaraning shartnomasini „Empoli“ klubi 4 million yevroga sotib oldi.
Fiorentina
2017-yilning 28-yanvarida Riccardo Saponara „Fiorentina“ klubiga mavsum oxirigacha ijaraga berildi va ijara shartnomasi tugagach, uni sotib olish majburiyatini oldi.
Sampdoriaga ijara
2018-yilning 17-avgustida Riccardo Saponara „Fiorentina“ klubidan bir yillik ijara asosida „Sampdoria“ klubiga oʻtdi. Shartnoma sotib olish opsiyasini oʻz ichiga olgan edi.
2018-yil 18-dekabr kuni Riccardo Saponara „Lazio“ klubiga qarshi oʻyinda gol urgandi.
Genoa klubiga ijara
2019-yilning 7-avgustida Riccardo Saponara sotib olish opsiyasi bilan „Genoa“ klubiga ijara shartnomasi asosida.
Lecce klubiga ijara
2020-yilning 22-yanvarida Riccardo Saponara „Genoa“ klubidan ijara shartnomasi asosida „Lecce“ klubiga oʻtdi.
Spezia klubiga ijara
2021-yilning 5-yanvarida Riccardo Saponara „Fiorentina“ klubidan ijara shartnomasi asosida „Spezia“ klubiga oʻtdi.
Oʻyin uslubi
Iqtidorli hujumkor yarim himoyachi Riccardo Saponara kreativ pleymeyker hisoblanadi. U qanotda (afzalroq oʻng qanotda) yoki mezzala rolida markaziy yarim himoyachi sifatida ham oʻynay oladi. Kuchli, tezkor va mehnatsevar oʻyinchi, yaxshi texnik qobiliyatga ega. Riccardo Saponara oʻzining dribling mahorati va toʻpda muvozanatni saqlashi, shuningdek, oʻzining qatʼiyatliligi, himoyadagi mustahkamligi, yakuniy pasni oʻz oʻrniga aniq yetkazib berishi va hujumda oʻz vaqtida harakat qilish qobiliyati bilan mashhur. Bu ham gol urish, ham gol urishga imkoniyat yaratish imkonini beradi. Uning oʻyin uslubi va B Seriyadagi faoliyati davomida va yoshligidagi dastlabki oʻyinlari vaqtida Riccardo Saponara oʻzining kumiri Kaka bilan taqqoslangan.
Faoliyat statistikasi
| Klub | Mavsum | Liga | Kubuk | Boshqalar | Umumiy | |||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Diviziya | Ishtiroki | Gollar soni | Ishtiroki | Gollar soni | Ishtiroki | Gollar soni | Ishtiroki | Gollar soni | ||
| Empoli | 2010— 2011 | B Seriya | 18 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 18 | 0 |
| 2011— 2012 | B Seriya | 30 | 1 | 3 | 0 | 0 | 0 | 33 | 1 | |
| 2012— 2013 | B Seriya | 40 | 13 | 0 | 0 | 0 | 0 | 40 | 13 | |
| Umumiy | 88 | 14 | 3 | 0 | 0 | 0 | 91 | 14 | ||
| Milan | 2013— 2014 | A Seriya | 7 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 7 | 0 |
| 2014— 2015 | A Seriya | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | |
| Umumiy | 8 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 8 | 0 | ||
| Empoli | 2014— 2015 | A Seriya | 17 | 7 | 1 | 0 | 0 | 0 | 18 | 7 |
| 2015— 2016 | A Seriya | 33 | 5 | 1 | 0 | 0 | 0 | 34 | 5 | |
| 2016— 2017 | A Seriya | 18 | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | 19 | 2 | |
| Umumiy | 68 | 14 | 3 | 0 | 0 | 0 | 71 | 14 | ||
| Fiorentina (ijara) | 2016— 2017 | A Seriya | 11 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 11 | 2 |
| 2017— 2018 | A Seriya | 18 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 20 | 0 | |
| Fiorentina | 2020— 2021 | A Seriya | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 |
| 2021— 2022 | A Seriya | 29 | 3 | 5 | 0 | 0 | 0 | 34 | 3 | |
| Umumiy | 60 | 5 | 8 | 0 | 0 | 0 | 68 | 5 | ||
| Sampdoria (ijara) | 2018— 2019 | A Seriya | 22 | 2 | 2 | 0 | 0 | 0 | 24 | 2 |
| Genoa (ijara) | 2019— 2020 | A Seriya | 4 | 0 | 1 | 1 | 0 | 0 | 5 | 1 |
| Lecce (ijara) | 2019— 2020 | A Seriya | 13 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 13 | 2 |
| Spezia (ijara) | 2020— 2021 | A Seriya | 9 | 2 | 1 | 2 | 0 | 0 | 10 | 4 |
| Umumiy | 272 | 39 | 17 | 3 | 0 | 0 | 289 | 42 | ||
- 21-dekabrda tugʻilganlar
- 1991-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Italiyalik erkak futbolchilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Ravenna FC futbolchilari
- Empoli FC futbolchilari
- AC Milan futbolchilari
- ACF Fiorentina futbolchilari
- UC Sampdoria futbolchilari
- Genoa CFC futbolchilari
- US Lecce futbolchilari
- Spezia Calcio futbolchilari
- Hellas Verona FC futbolchilari
- MKE Ankaragücü futbolchilari
- Serie A futbolchilari
- Serie B futbolchilari
- Serie C futbolchilari
- Turkiya Super Ligasi futbolchilari
- TFF Birinchi Liga futbolchilari
- Italiyalik muhojir erkak futbolchilar
- Turkiyadagi muhojir erkak futbolchilar
