Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Riad Bajić (talaffuzi: Riad Bayich; 1994-yil 6-mayda tugʻilgan) – bosniyalik professional futbolchi, Superliganing Giresunspor klubida hujumchi sifatida oʻynayd

Riad Bajić

Riad Bajić (talaffuzi: Riad Bayich; 1994-yil 6-mayda tugʻilgan) – bosniyalik professional futbolchi, Superliganing Giresunspor klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Riad Bajić
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Riad Bajić
Tavallud sanasi 6-may 1994-yil (1994-05-06) (31 yosh)
Tavallud joyi Sarayevo, Bosniya va Gersegovina
Boʻyi 1.89 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Giresunspor
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2003—2013 Željezničar
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2015 Željezničar 48 (18)
2015—2017 Konyaspor 64 (22)
2017—2022 Udinese 5 (0)
2018—2019 → İstanbul Başakşehir (ijara) 31 (9)
2019—2020 → Konyaspor (ijara) 27 (4)
2020—2021 → Ascoli (ijara) 34 (12)
2021—2022 → Brescia (ijara) 29 (3)
2022— Giresunspor 13 (3)
Milliy terma jamoa
2013 Bosniya va Gersegovina U19 4 (5)
2014—2016 Bosniya va Gersegovina U21 7 (0)
2017—2019 Bosniya va Gersegovina 12 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 12-noyabr uchun)

Klublardagi faoliyati

Željezničar

Bajić 2003-yilda Željezničar klubining yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan. 2013-yilning may oyida jamoa bilan ilk professional shartnomasini imzoladi. 27-iyul kuni 19 yoshida NK Zvijezda Gradačacga qarshi oʻyinda professional debyut qildi. 19-oktyabr kuni Mladost Velika Obarska qarshi oʻyinda klubi bilan gʻalaba qozonib, oʻzining birinchi professional golini kiritdi.

Konyaspor

2015-yilning avgustida Bajić Turkiyaning Konyaspor jamoasi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. 15-avgust kuni Akhisarsporga qarshi oʻyinda jamoa safida debyut qildi. 17-oktyabr kuni Gaziantepsporga qarshi oʻyinda jamoadagi birinchi golini urdi.

31-may kuni Turkiya kubogi finalida klubi bilan İstanbul Başakşehirni magʻlub etib, klubning ilk sovrini — kubokni qoʻlga kiritdi.

Udinese

Avgust oyida Bajić nomaʼlum pul evaziga Italiyaning Udinese klubiga oʻtdi. 12-avgust kuni Italiya kubogi doirasida Frosinonega qarshi oʻyinda jamoa safida debyut qildi. Besh hafta oʻtgach, Milanga qarshi ligadagi debyutini oʻtkazdi.

2018-yil yanvar oyida Bajić olti oylik ijaraga Istanbul Başakşehirga oʻtdi. Iyun oyida ijara muddati bir mavsumga uzaytirildi.

2019-yil iyun oyida Bajić sobiq jamoasi Konyasporga ijaraga berildi.

2020-yil sentabr oyida Ascoliga mavsumiy ijaraga yuborildi.

2021 yil iyul oyida bir mavsumga Brescisaga ijaraga berildi.

Giresunspor

2022-yil iyul oyida Bajić Giresunsporga oʻtdi.

Xalqaro faoliyati

Bajić Bosniya va Gersegovinani turli yoshlar darajasida himoya qilgan.

2015-yil mart oyida Andorraga qarshi Yevro-2016 saralashi va Avstriyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini uchun birinchi marta chaqiruv oldi.

Shaxsiy hayot

Bajić 2019-yil sentabrida Sanitaga uylandi.

Faoliyat statistikasi

Klub

12-noyabr, 2022-yil
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Qitʼa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Željezničar 2013—2014 Bosniya Premyer-ligasi 18 3 5 2 2 0 25 5
2014—2015 Bosniya Premyer-ligasi 28 15 2 1 4 1 34 17
2015—2016 Bosniya Premyer-ligasi 2 0 0 0 6 2 8 2
Jami 48 18 7 3 12 3 67 24
Konyaspor 2015—2016 Süper Lig 32 5 11 4 - 43 9
2016—2017 Süper Lig 32 17 10 3 6 0 48 20
Jami 64 22 21 7 6 0 91 29
Udinese 2017—2018 Serie A 5 0 2 0 - 7 0
İstanbul Başakşehir (ijara) 2017—2018 Süper Lig 9 3 - - 9 3
2018—2019 Süper Lig 22 6 2 0 2 0 26 6
Jami 31 9 2 0 2 0 35 9
Konyaspor (ijara) 2019—2020 Süper Lig 27 4 1 0 - 28 4
Ascoli (ijara) 2020—2021 Serie B 34 12 0 0 - 34 12
Brescia (ijara) 2021—2022 Serie B 29 3 1 1 - 30 4
Giresunspor 2022—2023 Süper Lig 13 3 0 0 - 13 3
Jami faoliyati 251 71 34 11 20 3 305 85
  1. appearances in UEFA Champions League qualifying
  2. appearances in UEFA Europa League qualifying
  3. goal in UEFA Europa League qualifying
  4. appearances in UEFA Europa League qualifying
  5. goals in UEFA Europa League qualifying
  6. appearances in UEFA Europa League
  7. appearances in UEFA Europa League qualifying

Xalqaro

15-oktyabr, 2019-yil
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Bosniya va Gersegovina 2017 3 0
2018 6 0
2019 3 0
Jami 12 0

Yutuqlari

Konyaspor

  • Turkiya kubogi: 2016—2017.

Individual

  • Bosniya Premyer-ligasining eng yaxshi toʻpurari: 2014—2015.
Yuqori