- Vikipediyada ismi Raʼno va familiyasi Axatovna boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Ubaydullayeva Raʼno Axatovna | |
|---|---|
| Tavalludi | 1936-yil 4-noyabr Toshkent shahri, OʻzSSR, SSSR |
| Vafoti | 2020-yil 11-dekabr |
| Fuqaroligi | |
| Taʼlimi | Toshkent moliya-iqtisod instituti (1958) |
| Kasbi | iqtisodchi |
| Unvoni | professor |
| Mukofotlari | |
Raʼno Axatovna Ubaydullayeva — iqtisodchi olima, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), iqtisod fanlari doktori (1976), professor (1981). Toshkent moliya-iqtisod institutini tugatgan (1958). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot institutida laborant (1958—60), aspirant (1960—63), kichik ilmiy xodim (1963—64), katta ilmiy xodim (1964—66), boʻlim boshligʻi (1967—78; 1992—93), direktor oʻrinbosari (1978—90) boʻlib ishlagan. 1993 — 97 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vaziri oʻrinbosari. 1998-yildan „Ijtimoiy fikr“ jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktori. Ilmiy ishlari Oʻzbekistonda mehnat resurslaridan, xususan, ayollar mehnatidan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari, oila, aholishunoslik, jamoatchilik fikrini oʻrganish va boshqa masalalarga bagʻishlangan.. 2020-yilning 11-dekabrida 84 yoshida vafot etgan.
Xotirasi
2021-yilning noyabr oyida „Oʻzbekistonda sotsiologiya fanining shakllanishi — akademik Raʼno Ubaydullayevaning hissasi“ mavzusida ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazilgan.
Adabiyotlar
- Jenskiy trud v selskom xozyaystve Uzbekistana, T., 1969; Trudovie resursi Uzbekistana, T., 1970 (v soavtorstve); Strukturnaya preobrazovaniya v ekonomike i zanyatost jenshin. T., 1996; Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi (oʻquv qoʻllanma), T., 2001.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- Mehnat shuhrati ordeni sohiblari
- El-yurt hurmati ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari