![]() Ilk nashr muqovasi | |
| Asl nomi | Oliver Twist; or, The Parish Boy's Progress |
|---|---|
| Muallif(lar) | Charles Dickens |
| Bezovchi(lar) | George Cruikshank |
| Mamlakat | |
| Til | inglizcha |
| Janr(lar)i | roman |
| Nashr etilgan sanasi | 1837—1839-yillar 1838-yil (kitob shaklida) |
| Nashriyot | Richard Bentley |
| Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1984-yil |
| Avvalgisi | „The Pickwick Papers“ |
| Keyingisi | „Nicholas Nickleby“ |
„Oliver Twistning boshidan kechirganlari“ (inglizcha: Oliver Twist; or, The Parish Boy's Progress) — ingliz yozuvchisi Charles Dickens qalamiga mansub roman. Ilk bor 1837—1839-yillarda qismlarga boʻlinib nashr etilgan. Toʻliq kitob shaklida 1838-yilda bosilgan. Kitob uchun illyustratsiyalarni George Cruikshank chizgan. Asardagi voqealar XIX asr oʻrtalarida Angliyada sodir boʻladi. Unda bosh qahramon — Oliver Twistning mehnat uyidagi azob-uqubatli hayoti, London koʻchalaridagi sarguzashtlari, jinoyatchilar toʻdasiga qoʻshilib qolishi haqida hikoya qilinadi. Romanda qashshoqlik, ijtimoiy tengsizlik, yetim bolalarning mudhish qismati, jinoyatchilik olami keng yoritilgan. Dickens asarda qahramonlarning ichki dunyosini chuqur ochishga intilgan, jamiyatdagi ijtimoiy illatlarni fosh qilgan. Romanda, shuningdek, ezgulik, adolat, muruvvat kabi gʻoyalar ilgari surilgan.
„Oliver Twistning boshidan kechirganlari“ jahon adabiyotining sara asarlaridandir. Koʻplab tillarga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Rus tilidan Erkin Mirobidov oʻgirgan oʻzbekcha tarjima 1984-yilda Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida nashr etilgan. Asar koʻp bor ekranlashtirilgan. „Oliver Twist“ (1948), „Oliver & Company“ (1988) filmlari ular orasida eng mashhurlaridandir.
Qahramonlari
- Oliver Twist
- Janob Bumble
- Mann xonim
- Janob Sowerberry
- Sowerberry xonim
- Noah Claypole
- Charlotte
- Janob Gamfield
- Janob Brownlow
- Janob Grimwig
- Bedwin xonim
- Rose Maylie
Ekranizatsiyalar
- „Oliver Twist“ (1909)
- „Oliver Twist“ (1912)
- „Oliver Twist“ (1912)
- „Oliver Twist“ (1916)
- „Oliver Twist“ (1919)
- „Oliver Twist“ (1922)
- „Oliver Twist“ (1933)
- „Oliver Twist“ (1948)
- „Manik“ (1961)
- „Oliver!“ (1968)
- „Oliver Twist“ (1974)
- „Oliver Twist“ (1982)
- „Las Aventuras de Oliver Twist“ (1987)
- „Oliver & Company“ (1988)
- „Twisted“ (1996)
- „Oliver Twist“ (1997)
- „Twist“ (2003)
- „Boy Called Twist“ (2004)
- „Oliver Twist“ (2005)
- „Twist“ (2021)
- Ingliz tilidagi kitoblar
- 1838-yil kitoblari
- Charles Dickens kitoblari
