| Rauf Nabiyev | |
|---|---|
Nabiyev Abduraufbek Abdurazzoq o‘g‘li | |
![]() | |
| Mansab davri 2025-yil dekabrdan – hozirgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Vazir | Ozodbek Nazarbekov |
| Mansab davri – hozirgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Vazir | Ozodbek Nazarbekov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1992-yil 6-oktyabr Toshkent |
| Kasbi | rejissyor, klipmeyker |
| Mukofotlari | |
Rauf Nabiyev (asl ismi — Nabiyev Abduraufbek Abdurazzoq oʻgʻli; 1992-yil 6-oktabr, Toshkent) — oʻzbekistonlik rejissyor va klipmeyker. Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi hamda Raqamli San'at Ijodiy Birlashmasi rahbari. 2025-yilda „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan.
Ijodiy faoliyati
Nabiyev musiqiy videolar rejissyori va klipmeyker sifatida faoliyat yuritgan. U Ozodbek Nazarbekov, Jahongir Otajonov, Ulugʻbek Rahmatullayev, Gulsanam Mamazoitova, Sardor Rahimxon, Tohir Sodiqov, Ozoda Nursaidova va „Ummon“ guruhi kabi sanʼatkorlar bilan ishlagan.
U „Ummon“ guruhining „Jonim, yur“, Jahongir Otajonovning „Qaddi baland“ va Ulugʻbek Rahmatullayevning „Dilam“ qoʻshiqlariga ishlangan musiqiy videolarga rejissyorlik qilgan.
Sunʼiy intellekt bilan bogʻliq ishlari
2025-yilda Nabiyev futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatiga yoʻllanma olishi munosabati bilan sunʼiy intellekt yordamida video tayyorlagan. Shu yili u Ozodbek Nazarbekov ijrosidagi „Uygʻon, oʻgʻlim“ musiqiy videoklipining gʻoya muallifi va rejissyori boʻlgan. Ushbu videoklip sunʼiy intellekt texnologiyalari yordamida tayyorlangan.
2026-yilda u Xiva tarixi va sivilizatsiyasiga bagʻishlangan „Arda“ hujjatli filmini tayyorlash jarayonida ishtirok etgan. Film sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan tasvirlardan foydalangan holda ikki oy davomida tayyorlangan.
Madaniyat vazirligidagi faoliyati
2025-yil dekabrda Nabiyev Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining sunʼiy intellektni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi etib tayinlangan. 2026-yilda u madaniyat vazirining raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimida faoliyatini davom ettirgan.
Nabiyev Raqamli San'at Ijodiy Birlashmasi rahbari sifatida ham faoliyat yuritadi.
2026-yilda Nabiyev Oxford universitetining sunʼiy intellekt strategiyasi va boshqaruviga oid qisqa muddatli malaka oshirish dasturida qatnashgan. Shu davrda u universitet professori Felipe Thomaz bilan madaniyat va sanʼat sohasida sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash hamda hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.
Mukofotlari
- „Shuhrat“ medali — 2025-yil.
- 6-oktyabrda tugʻilganlar
- 1992-yilda tugʻilganlar
- O‘zbekiston tugʻilganlar
- Shuhrat medali sohiblari
- Oʻzbekistonlik rejissyorlar

