Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Oksford universiteti (inglizcha: University of Oxford; norasmiy nomi Oxford University yoki Oxford) — Angliyada joylashgan yirik va qadimiy universitet. Ingliz

Oxford universiteti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)
inglizcha: University of Oxford)
Shiori lotincha: Dominus illuminatio mea
Asos solingan sanasi 1096 dan oldin

Oksford universiteti (inglizcha: University of Oxford; norasmiy nomi Oxford University yoki Oxford) — Angliyada joylashgan yirik va qadimiy universitet. Ingliz tilida gaplashadigan dunyoda eng qadimiy universitet va butun dunyodagi ikkinchi eng eski hozirgacha mavjud boʻlgan universitet.

1096-yili Oksford shahrida tashkil etilgan. Universitetda turli davrlarda John Wycliffe, Thomas More, John Locke, Robert Boyle dars bergan. Ilohiyot, huquq, tibbiyot, klassik adabiyot, yangi va eng yangi tarix, ingliz tili va adabiyoti, oʻrta asr va hozirgi zamon Yevropa tillari va adabiyoti, sharqshunoslik, fizika, matematika, biologiya, qishloq xoʻjaligi fanlari, psixologiya, antropologiya, geografiya, sanʼatshunoslik, musiqa boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Bir kancha ixtisoslashtirilgan institut va laboratoriyalari, muzeylari bor. Asosiy kutubxonasi 1602-yil tashkil etilgan.

Oksford universitetitda 14 mingga yaqin talaba taʼlim oladi, mingdan ortiq oʻqituvchi ishlaydi. Oʻqituvchilar orasida London qirollik jamiyati aʼzolari, Nobel mukofoti laureatlari bor.

Unversitet fakultetlardan, 39 ta kollejdan hamda 5 ta kollej nomini olmagan yopiq oʻquv muassasasidan iborat. Kollejlarda talabalar bilan darslar individual va seminarlar tarzida oʻtkaziladi.

Universitet asos solingan yili aniq emas. 1167-yilda Genrix II xorijlik talabalarni Parij Universitetida oʻqishlarini taqiqlab qoʻydi. Natijada, koʻp ingliz talabalari Fransiyadan ketib Oksford universittida oʻqishga majbur boʻlganlar. Universitet boshi kansler hisoblangan. Katta mansabdor shaxslar universitet rivoji uchun oʻz xissalarini qoʻshishgan. Ulardan birinchisi Uilyam Darem boʻlib, u 1249-yilda Universitet Kolledji (ingl University College) ga asos slogan. Boʻlajak Shotlandiya qirolining otasi Ioann I de Balliol nomi sharafiga Balliol Kolledjini tashkil qilgan. Ingliz lord — kansleri — Valter de Merton kollejlar uchun qoidalar ishlab chiqqan. Ushbu kollej Kembrij kolleji va Oksforddagi boshqa kollejlar uchun namuna boʻlib oʻz faoliyatini olib borgan.

Oksford kartasi, 1605 — yil Universitetga qabul: Yangi oʻquv yili boshlanishidan oldin, oktabr — noyabr oylarida talabalar kollejlarga hujjat topshiradilar. Maxsus komissiya faqat yuqori baholi (A — level) abiturientlar bilan suhbat oʻtkazadi. Baʼzi bir hollarda boʻlajak talabadan yozma ishlar va yozma ravishda test olinadi. Universitetga kiruvchilar ingliz tilini mukammal bilishlari zarur. Taʼlim — bepul emas: bir yil uchun yashash xarajatlari — 8 ming funt; oʻqitish xarajatlari tanlangan mutaxasislikka qarab toʻlanadi — sanʼat — 6300 funt; ilm — fan 8400 funt; tibbiyot — 15400 funt. Magistratura va aspiranturada oʻqishni davom ettirish uchun nomzodlar tegishli fakultetlarga hujjat topshiradilar. Bir yilning oʻzida ham Kembrij, ham Oksford Universitetlariga hujjat topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi Sababi ular oʻrtasidagi raqobatdir.

Universitet tuzilishi

Universitet 38ta kollej va 6ta yopiq oʻquv muassasalaridan tashkil topgan. Hozir Oksfordda 20000dan ortiq talaba oʻqisa, ularning chorak qismi xorijliklar hisoblanadi. Talabalar soni yozda ingliz tili maktablari ochilganida keskin koʻpayib ketadi. Oksford rektori — ser Kris Patten. Qizlar 1920 — yildan boshlab qabul qilina boshlangan. 70 — yillardan oʻgʻil va qiz bolalarni ajratib oʻqitish bekor qilingan. Oksford oʻqituvchilar shtabi da 4 mingga yaqin oʻqituvchi mavjud. Ulardan 70tasi qirollik jamiyati aʼzolari, 100 tasi esa Britaniya akademiyasi aʼzolari hisoblanadi. Universitetning asosiy yoʻnalishlari — ijtimoiy fanlar, fizika, matematika, tibbiyot, hayot haqidagi fan. Boʻlinmalar: — Qadimgi tarix; — Filiologiya, lingvistika va fonetika; — Qoʻlyozmalar va rassomchilik sanʼati; — Ingliz tili va adabiyoti; — Oʻrta asr va zamonaviy tillar; — Musiqa; — Teologiya; — Sanʼatlar tarixi; — Tibbiyot tarixi; — Antropologiya; — Biokimyo; — Arxeologiya; — Geografiya; — Botanika; — Zoologiya; — Matematika; >br> — Statistika; — Kimyo; — Geologiya; — Muhandislik fani; — Fizika; — Anesteziya; — Kardiologik tibbiyot; — Klinik laboratoriya fani; — Klinik tibbiyot; — Klinik farmokalogiya; — Genetika; — Oftalmologiya; — Pediatriya; — Psixiatriya; — Jarrohlik; — Tajribaviy psixologiya; — Odam anatomiyasi va genetikasi; — Patologiya; — Fiziologiya; — Afrika; — Braziliya; — Zamonaviy Xitoy; — Yaponiya; — Rossiya va Sharqiy Yevropa; — Janubiy Osiyo; — Iqtisodiyot; — Huquq; — Menejment; — Siyosat va xalqaro aloqalar; — Qoʻshimcha taʼlim; Oksford faqatgina Universitetgina emas, balki dunyo boʻyicha yirik ilmiy izlanishlar olib boriladigan joy hamdir. Universitet 100dan ortiq kutubxonalar, muzeylar va oʻz nashriyotiga ega. 300dan ortiq toʻgaraklar mavjud. Bulardan tashqari sportga ham kata eʼtibor beriladi.




Yuqori