- Vikipediyada ismi Lola va familiyasi Ahmedova boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

| Lola Ahmedova | |
|---|---|
| Tavalludi | 1983-yil 2-iyul |
| Fuqaroligi | |
| Taʼlimi | Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi |
| Kasbi | Xonanda |
| Otasi | Ahmedov Baxtiyor |
| Onasi | Ahmedova Dilbar |
| Mukofotlari | |
Lola Ahmedova (1983-yil 2-iyul, Surxondaryo, OʻzSSR) — oʻzbek aktrisasi va xonandasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.
Hayoti
Lola Ahmedova 1983-yil 2-iyulda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida sanʼatkorlar oilasida tavallud topgan. Otasi Ahmedov Baxtiyor Gapparovich rassom, onasi Ahmedova Dilbar Amanqulovna jurnalist boʻlishgan. Lola Ahmedova bolaligidan musiqaga mehr qoʻygan. U maktab tadbirlarida qatnashishni va sahnada qoʻshiq aytishni yoqtirardi. U oilasi bilan Toshkentga koʻchib kelganida ilk bor „Birgalikda kuylaymiz“ televizion tanlovida qatnashgan va final bosqichida ishtirok etgan. 1997-yilda Toshkent madaniyat kollejiga oʻqishga kirgan. Lola birinchi musiqiy taʼlimni shu texnikumda olgan. Uning birinchi ustozi Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti Gulshod Otaboeva „lapar“ sirlarini oʻrgatgan. 2001-yilda Oʻzbekiston konservatoriyasiga oʻqishga kirgan.
Lolaning ijodiy yoʻnalishi paydo boʻla boshlagan. 2003-yilda „Aziz on yurt navolari“ tanlovida 3-oʻrinni egallab, „Buni hayot deydilar“ qoʻshigʻi gʻolibi boʻldi. „Vatan himoyachilari kuni“, „Navroʻz“, „Mustaqillik“ kabi turli ommaviy tadbirlarda muntazam qatnasha boshlagan.
100 dan ortiq qoʻshiqlarni ijro etgan Lola 4 ta albomini ham oʻz muhlislariga havola eta oldi, bular „Yolgʻizginam“, „Devona“, „Begim“, „Biznikidir dunyolar“kabilardir. 2004-yilda boʻlib oʻtgan „Aziz ona yurtim navolari“ koʻrik tanlovida birinchi oʻrinni egallagan. 2006-yil esa „Nihol“ mukofoti sovrindori boʻlgan. Lola 2010-yil Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvoniga sazovor boʻlgan. Qoʻshiq kuylash bilangina cheklanib qolmagan, Lola 2004-yil rejissyor Axad Farmonovning „Muhabbatimsan“ filmida bosh rolni, Raʼno obrazini ijro etgan.
Konsertlari
- 2005-yil — „Yolgizginam“.
- 2006-yil — „Devonam“.
- 2010-yil — „Intizor kunlar“.
- 2013-yil — „Borliging Baxtim“
| Yil | Konsert nomi | Konsert zali | Kunlari |
|---|---|---|---|
| 2005 | Yolgʻizginam | Xalqlar doʻstligi saroyi | |
| 2006 | Devonam | ||
| 2010 | Biznikidir dunyolar | ||
| 2013 | Borliging baxtim | 1,2,Fevral |
Diskografiya
| Yil | Qoʻshiq nomi | Ijrochi |
|---|---|---|
| 2008 | Eʼtirof | Lola Ahmedova |
| 2017 | Sogʻintirib | Lola Ahmedova |
| 2017 | Yur muhabbat (feat. Hojiakbar Haydarov) | Lola Ahmedova |
| 2018 | Bevafoga | Lola Ahmedova |
| 2018 | Erka desam | Lola Ahmedova |
| 2019 | Ne dardlar | Lola Ahmedova |
| 2019 | Bilmading | Lola Ahmedova |
| 2019 | Bilmiyordun | Lola Ahmedova |
| 2019 | Medoni | Lola Ahmedova |
| 2020 | Yagonaman | Lola Ahmedova |
| 2020 | Duset doram | Lola Ahmedova |
| 2021 | Sogʻindim-da | Lola Ahmedova |
| 2022 | Saʼdiya | Lola Ahmedova |
| 2022 | Qoʻlimdan kelmaydi | Lola Ahmedova |
| 2022 | Sen uchun | Lola Ahmedova |
| 2023 | Kelmasa-kelmasin | Lola Ahmedova |
| 2024 | Ketma jonim | Lola Ahmedova |
| 2024 | Nanasi var mahnisi | Lola Ahmedova |
| 2024 | Yomon demagin | Lola Ahmedova |
| 2024 | Azizam | Lola Ahmedova |
| 2025 | Onamni asra | Lola Ahmedova |
| 2025 | Sen boʻlmasang (with Shahrizod) | Lola Ahmedova |
| 2026 | Yondim-yondim | Lola Ahmedova |
| 2026 | Bu hayot qiziq-qiziq | Lola Ahmedova |
| 2026 | Jigarjon | Lola Ahmedova |
Musiqiy albomlari
- 2022-yil „Yurak“
- 2023-yil „Ayrilsam“
- 2025-yil „Yana sevaman“
Mukofotlari
| Yili | Mukofot nomi |
|---|---|
| 2004 | "Nihol„ unvoni |
| 2010 | “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist" unvoni |
| 2022 | Mudofaa vazirligi „Koʻkrak nishoni“ |
- 2-iyulda tugʻilganlar
- 1983-yilda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar
- Qoʻshiqchilar
- Alifbo boʻyicha aktrisalar
- Oʻzbekistonlik aktrisalar
- Oʻzbekistonlik qoʻshiqchilar
- Surxondaryoda tugʻilganlar
- Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar