Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ramin Rezaeian Semeskandi (رامین رضائیان سمسکندی (fors tili) 1990-yil 21-martda tugʻilgan) – eronlik professional futbolchi, „Esteghlal“ klubi va Eron milliy te

Ramin Rezaeian

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ramin Rezaeian
Rezaeian 2025-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ramin Rezaeian Semeskandi
Tavallud sanasi 1990-yil 21-mart (1990-03-21) (36 yosh)
Tavallud joyi Sari, Eron
Boʻyi 1.84 m
Ampluasi Oʻng qanot himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Esteghlal
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002–2008 Shahrdari Sari
2008–2009 Shensa-ye Tehran
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009–2013 Saba Qom 65 (4)
2013–2015 Rah Ahan 56 (11)
2015–2017 Persepolis 41 (9)
2017–2018 KV Oostende 25 (2)
2018–2020 Al Shahania 32 (16)
2020–2022 Al-Duhail 13 (3)
2021–2022 → Al-Sailiya (ijara) 32 (16)
2022 Persepolis 13 (0)
2022–2024 Sepahan 56 (15)
2024– Esteghlal 50 (14)
Milliy terma jamoa
2015– Eron 70 (6)
Medallar
 Eron vakili
CAFA Nations Cup
2023 Kyrgyzstan – UzbekistanTeam
Ikkinchi2025 Tajikistan–UzbekistanTeam
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 31-oktyabr uchun)

Ramin Rezaeian Semeskandi (رامین رضائیان سمسکندی (fors tili) 1990-yil 21-martda tugʻilgan) – eronlik professional futbolchi, „Esteghlal“ klubi va Eron milliy terma jamoasi himoyachisi.

U faoliyatini oʻng qanot himoyachisi sifatida boshlagan boʻlsada bir necha oʻyinlarda qanot vingeri pozitsiyasida ham toʻp surgan. Rezaeian 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati saralashi davomida bosh murabbiy Karlos Keyrush tomonidan terma jamoasining asosiy oʻng qanot himoyachisi sifatida maydonga tushirilgan. Tezligi va jismoniy tayyorgarligi bilan tanilgan futbolchi Eron futboli tarixidagi eng yaxshi qanot himoyachilardan biri sifatida eʼtirof etiladi.

Yoshligi

Rezaeian Mozandaron viloyati, Sari tumaniga qarashli Semes Kandeh-ye Olya qishlogʻida tugʻilgan.

Klublardagi karyerasi

Saba Qom

Rezaeian 2013-yilgacha „Saba Qom“ jamoasida oʻtkazgan. U klub safida jami 98 ta oʻyin oʻtkazib, yetti ta gol muallifi boʻlgan.

Rah Ahan

Rezaeian 2013-yilda Tehronning „Rah Ahan“ klubi bilan uch yillik shartnoma imzolagan. 2014–2015-yilgi mavsumdagi muvaffaqiyatli oʻyinlari ortidan u liga­ning eng yaxshi qanot himoyachilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan va milliy jamoadan ham chaqiruv olgan. 2015-yil 3-aprelda Rezaeian jamoadagi debyut golini „Persepolis“ga qarshi (2:2) uchrashuvda kiritgan. Ikki haftadan soʻng, 17-aprelda boʻlib oʻtgan „Esteghlal Khuzestan“ga qarshi 2:2 hisobida yakunlangan bahsda dubl qayd etgan.

Persepolis

Rezaeian 2015-yil 27-iyunda „Persepolis“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. U klubdagi ilk golini „Siah Jamegan“ klubiga qarshi uchrashuvda kiritgan. 2015-yil 26-dekabrda Rezaeian „Padideh“ga qarshi oʻyinning soʻnggi daqiqalarida 30 yard masofadan jarima zarbasini aniq amalga oshirib jamoasining 2:2 hisobidagi duranggini taʼminlab bergan. 2016-yil yozida Turkiya Superligasining „Rizespor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan boʻlsa-da, Rezaeian keyinchalik bu kelishuvni bekor qildi va yana „Persepolis“ga qaytgan.

Oostende

„Persepolis“ning asosiy raqibi „Esteghlal“ klubidan kelgan taklifni rad etganidan soʻng, Rezaeian 2017-yil 9-iyulda tibbiy koʻrikdan muvaffaqiyatli oʻtgach, Belgiyaning „K.V. Oostende“ jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Ramin oʻzining debyutini 2017-yilning 27-iyulida Yevropa Ligasining uchinchi saralash bosqichi doirasidagi Fransiyaning „Olympique de Marseille“ klubiga qarshi oʻtkazdi. Uchrashuv 4:2 hisobida fransuzlar foydasiga yakunlandi va Rezaeian bu bahsda toʻliq 90 daqiqa maydonda harakat qildi.

Al Shahaniya

2018-yilning 6-noyabrida Rezaeian Qatar Yulduzlar Ligasi vakili „Al Shahaniya“ klubi tarkibiga borib qoʻshildi. 8-noyabr kuni u klubdagi ilk oʻyinida „Al-Duhail“ga qarshi bahsda jarima toʻpini aniq amalga oshirib oʻz hisobiga gol yozdirib qoʻydi. 23-noyabr kuni esa u jamoa tarkibidagi ikkinchi oʻyinida „Al Kharaitiyat“ga qarshi 1:0 hisobida yakunlangan oʻyinda jamoaning yagona goliga assistentlik qildi.

Al-Duhail

2020-yilning 22-avgustida Rezaeian Qatar Yulduzlar Ligasi chempioni „Al-Duhail“ bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Al-Sailiya

„Al-Duhail“dagi murabbiy almashinuvidan soʻng, Rezaein „Al-Sailiya“ jamoasiga ijaraga berildi.

Persepolis

2022-yil 12-fevralda Rezaeian Fors ko‘rfazi Pro ligasi chempioni „Persepolis“ bilan shartnoma imzoladi.

Sepahan

2022-yil 15-iyulda Rezaeian Fors ko‘rfazi Pro ligasi vakili "Sepahan" bilan shartnoma imzoladi.

Yuqori