Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Rahim Qurbonmamedov turkmanistonlik futbol murabbiyi. Futbol boʻyicha Turkmanistıon milliy terma jamoasi, Namanganning Navbahor, Ashxobod shahrining Ashxobod FK

Rahym Kurbanmämmedow

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Rahim Qurbonmamedov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Rahim Muhammadovich Qurbonmamedov
Tavallud sanasi 1963-yil 3-oktyabr (1963-10-03) (62 yosh)
Tavallud joyi Ashxobod, Turkmaniston SSR
Boʻyi 176 cm (5 ft 9 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Marv (bosh murabbiy)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1981—1984 Kopetdag Aşgabat ? (?)
1985 Zvezda (Jizzax) 25 (0)
1986—1998 Kopetdag Aşgabat 191+ (3+)
1998—2000 Nisa Ashxobod ? (?)
Milliy terma jamoa
1992—1998 Turkmaniston 28 (0)
Boshqargan klublari
2003—2004 Nisa Ashxobod
2003—2004 Turkmaniston
2007—2009 Turkmaniston
2009 Navbahor Namangan
2009—2013 Marv
2013—2014 Balkan FT
2014 Turkmaniston
2015—2017 Energetik
2017—2021 Şagadam (yordamchi)
2021— Marv
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Rahim Qurbonmamedov turkmanistonlik futbol murabbiyi. Futbol boʻyicha Turkmanistıon milliy terma jamoasi, Namanganning Navbahor, Ashxobod shahrining Ashxobod FK jamoalarini boshqargan. 2004-yili Osiyoning eng yaxshi 3 murabbiyidan biri deya topilgan. 2009-yildan eʼtiboran Navbahor futbol klubida texnik direktor lavozimida ishlab kelmoqda.

Faoliyati

Futbolchilik faoliyati

U 1992-yildan 1998-yilgacha Kopetdog Ashxobod, Nisa Ashxobod va Turkmaniston terma jamoasida oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati

2003-yildan 2008-yilgacha futbol boʻyicha Turkmaniston milliy terma jamoasini boshqargan. 2003-2004 yillarda „Nisa Ashxobod“, 2009-yilda „Navbahor Namangan“ va „Merv“ klublarini boshqargan. 2013-yilda u „Bolqon“ klubiga yoʻl oldi va u bilan 2013-yilda Malayziyada boʻlib oʻtgan OFK Prezidenti kubogida gʻolib chiqdi.

2014-yilda Turkmaniston futbol terma jamoasiga yana bosh murabbiy etib tayinlandi. 2014-yil iyun oyida OFK Chaqiruv kubogi final turnirida jamoaviy oʻyin koʻrsatgani uchun turkmanistonlik futbolchilar guruhdan chiqa olmagani uchun lavozimidan ozod etildi.

2021-yilning noyabr oyida Qurbonmammedov FC Merv klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan edi.

Yutuqlar

  • Turkmaniston milliy futbol jamoasi futbolchisi sifatida 1993-yil EKO kubogi ikkinchi oʻrinni egallagan
  • Turkmaniston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida 2004 -ilgi Osiyo kubogiga olib chiqqan
  • Turkmaniston milliy futbol jamoasi murabbiyi sifatida Vetnamda 2008-yilgi HCMC Cup chempioni
  • OFK Prezidenti kubogi chempioni: 2013-yil
Yuqori