Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Qorabaliq tumani — Qoʻstanoy viloyatining shimoli-gʻarbida joylashgan. (1997-yilning 17-iyuniga qadar Komsomol tumani). Tuman 1928-yili tashkil topgan. Maydoni

Qorabaliq (tuman)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Qorabaliq tumani
qoz. Қарабалық ауданы
Gerb
Gerb
tuman
Tarkibida Qoʻstanoy viloyati
Maʼmuriy markazi Qorabaliq
Asos solingan sanasi 1928-yil
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2010) 34 596
Millatlar tarkibi ruslar — 39,71%
qozoqlar — 29,38%
ukrainlar — 15,34%
olmonlar — 6,12%
tatarlar — 2,43%
beloruslar — 2,34%
boshqirdlar — 1,06
Dinlar tarkibi xristianlar, musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 71441 xxxxx
Avtomobil raqami kodi P, 10
Rasmiy sayti http://karabalyk.kostanay.gov.kz/
Xaritada
Qorabaliq tumani xaritada

Qorabaliq tumani — Qoʻstanoy viloyatining shimoli-gʻarbida joylashgan. (1997-yilning 17-iyuniga qadar Komsomol tumani). Tuman 1928-yili tashkil topgan. Maydoni 6,9 ming km². Aholisi 36 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 5,2 kishidan toʻgʻri keladi (2008). Tuman markazi — Qorabaliq qishlogʻi. Tuman dengiz sathidan 200 – 260 m balandlikda joylashgan.

Aholisi

Tuman aholisi 34 596 kishi, oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 5 kishidan toʻgʻri keladi (2010) Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil):

  • ruslar — 13 737 kishi (39,71 %)
  • qozoqlar — 10 164 kishi (29,38 %)
  • ukrainlar — 5 306 kishi (15,34 %)
  • olmonlar — 2 117 kishi (6,12 %)
  • tatarlar — 839 kishi (2,43 %)
  • beloruslar — 808 kishi (2,34 %)
  • boshqirdlar — 365 kishi (1,06 %)
  • armanlar — 208 kishi (0,60 %)
  • chechenlar — 151 kishi (0,44 %)
  • mordvalar — 121 kishi (0,35 %)
  • udmurtlar — 114 kishi (0,33 %)
  • chuvashlar — 101 kishi (0,29 %)
  • boshqalari — 565 kishi (1,63 %)
  • Umumiy — 34 596 kishi (100,00 %)

Iqlimi

Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq, qor noyabr oyidan boshlab yogʻa boshlaydi, aprel oyining oʻrtalarida eriy boshlaydi. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati −18 °C. Yoz oyi iliq, eng issiq oyi — iyul. Iyulning oʻrtacha harorati 18 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 300 – 350 mm.

Ichki suvlari

Tuman koʻllarga boy. Tumanda 90 dan ziyod katta kichik koʻllar mavjud, ularning 75 % chuchik suvli. Katta koʻllari: Shubar, Sasiqkoʻl, Qarasor, Katta boʻrili, Oʻlendi, Arshali, Oʻrnak, Quliqketken, v.h. Yer osti suvi asosida Smirnov suv tarmogʻi faoliyat yuritadi. Undan tortilgan suv quvurlari Qorabaliq qishlogʻini, Boʻrili, Smirnov, Stansionniy, Mixaylov qishloqlarini suv bilan taʼminlaydi.

Yuqori