| Anvar Saidovich Solihboyev | |
|---|---|
| Mansab davri 2004-yil 23-apreldan – 2005-yil 12-dekabrgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
| Prezident | Islom Karimov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1950-yil 26-oktyabr Samarqand |
| Mukofotlari | |
| Qoʻshin turi | maxsus xizmat |
| Unvoni | General-leytenant |
Anvar Saidovich Solihboyev — oʻzbek diplomati, harbiy. 2004-2005-yillarda Oʻzbekistonning Pokistondagi elchisi.
Biografiya
1950-yil 26-oktabrda Samarqand shahrida tug‘ilgan.
1973-yilda Samarqand davlat universitetining tarix va ijtimoiy fanlar fakultetini tamomlagan.
1973-1991 — OʻzSSR davlat xavfsizligi idoralarida turli lavozimlarda xizmat.
1991-1994 — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati boʻlim boshligʻi.
1994-2004 — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari.
2004-yil 23-apreldan 2005-yil 12-dekabrgacha — O‘zbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.
2005-yil 12-noyabrdan 2011-yil iyungacha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari bilan aloqalar boshqarmasi boshligʻi.
2011-yildan nafaqada.
2023-yildan buyon Markaziy Osiyo xalqaro institutining yetakchi ilmiy xodimi.
Oilasi
Uylangan, ikki nafar farzandi bor.
Ukasi — Solihboyev Umar Saidovich, Oʻzbekistonning Avstriyadagi elchixonasi maslahatchisi.
Singlisi Solihboyeva Umida Saidovna — O‘zbekistondagi eng yirik ijtimoiy dorixonalar tarmog‘i — „Dori Darmon“ aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi.
- 26-oktyabrda tugʻilganlar
- 1950-yilda tugʻilganlar
- Samarqandda tugʻilganlar
- Shon-sharaf ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston generallari
- Oʻzbekistonning Pokistondagi elchilari
- Yashayotgan insonlar
- Samarqand davlat universiteti bitiruvchilari

