Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Pobeda LCC, (ruscha: Победа, tarjimasi 'Gʻalabaʼ), Rossiyaning eng yirik aviakompaniyasi Aeroflot tomonidan toʻliq egalik qilinadigan ultra lou-koster aviakompa

Pobeda (aviakompaniya)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Pobeda
IATA ICAO Identifikatori
DP PBD POBEDA
Tashkil topgan 16-sentyabr, 2014-yil (12 yil avval) (2014-09-16)
Boshlangan amaliyotlari 2014-yil 1-dekabr (2014-12-01)
Havo tuguni
  • Moskva–Sheremetyevo
  • Moskva–Vnukovo
Fokus shaharlari
Park hududi 41
Parvoz yoʻnalishlari 67
Egasi Aeroflot
Bosh qarorgohi Moskva, Rossiya
Muhim shaxslar Andrey Yurikov, bosh direktor v.v.b..
Yillik daromadi 20.6 mlrd RUB(2017-moliya yili)
Kirim Decrease 2.8 mlrd RUB(2017-moliya yili)
Sayti pobeda.aero

Pobeda LCC, (ruscha: Победа, tarjimasi 'Gʻalabaʼ), Rossiyaning eng yirik aviakompaniyasi Aeroflot tomonidan toʻliq egalik qilinadigan ultra lou-koster aviakompaniya. Ichki va xalqaro yoʻnalishlarga, asosan, Vnukovo xalqaro aeroportidagi markazidan muntazam qatnovlarni amalga oshiradi. Bosh ofisi Moskvada joylashgan.

Faoliyati 2014-yil oxirida faoliyati yoʻlga qoʻyilgan Pobeda 2019-yil holatida Rossiya va Yevropadagi eng tez rivojlanayotgan aviakompaniyalardan biri hisoblanadi, 2019-yil fevral oyida Rossiyaning 3-yirik aviakompaniyaga aylandi, 2019-yil yanvarda 689 100 yoʻlovchi tashidi, yoʻlovchi tashish oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 43,7 foizga yaxshilandi va 800 million AQSh dollari qiymatida baholandi.

Tarixi

Budget Carrier kompaniyasi 2014-yil 16-sentyabrda Aeroflotning 100% ulush bilan muassisligida mas’uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) shaklida roʻyxatdan oʻtkazildi. Bu Aeroflotning 2014-yil avgustida faoliyatini toʻxtatgan Dobrolet aviakompaniyasidan keyin arzon aviatashuvchi yaratish yoʻlidagi ikkinchi urinishidir[manba kerak]. Pobeda 2014-yil 11-noyabrda aviaoperator sertifikatini oldi va oʻsha yilning 1 dekabrida Moskva-Vnukovodan Volgogradga birinchi parvozini amalga oshirdi. Toʻqqiz oy ishlagidan keyin, 2015-yil sentyabrida aviakompaniya 2 million yoʻlovchini tashib ulgurdi.

Aviakompaniya 2015-yil oktyabr oyida Moskvadan Bratislavaga aviaqatnovni yoʻlga qoʻyishga urinib koʻrdi, ammo Rossiya Federal havo transporti agentligi aviakompaniya kamida ikki yil davomida ichki parvozlarni amalga oshirishi kerakligi talabi bilan xalqaro reyslarni amalga oshirish uchun arizani rad etdi. Biroq, Bratislava aeroporti va Pobeda 2015-yil 19-dekabrda boshlangan Bratislavaga birinchi xalqaro reys boshlanganini eʼlon qildi. Pobeda shuningdek, Moskvadan Avstriyaning Vena shahriga parvoz va sayohat sxemasi boʻyicha oʻz xizmatlarini taklif qiladi va ushbu sayohatning bir qismi – Bratislava-Vena yoʻnalishida avtobus qatnovi amalga oshiriladi.

2015-yil dekabrida Pobeda Zalsburg muntazam yoʻnalishini atigi 34 ta chipta sotilganidan keyin bekor qildi.

2018-yil avgustida Pobeda xorijiy aeroportlarda yoʻlovchilarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun kishi boshiga 25 yevro yigʻim olinishini maʼlum qilgan edi. Bu keng jamoatchilik eʼtiroziga sabab boʻldi va 2018-yil dekabr oyida Moskva viloyatlararo transport prokuraturasi aviakompaniyaning bunday qaroriga qarshi daʼvo arizasi bilan chiqdi.

2019-yil oktyabr oyida sud aviakompaniya yoʻlovchilar uchun xorijiy aeroportlarda roʻyxatdan oʻtish toʻlovini bekor qilish toʻgʻrisida qaror chiqardi. Bunga javoban Pobeda xorijdan chiptalar narxi 40 foizga oshganini eʼlon qildi.

2021-yil avgust oyida Pobeda bosh direktori Andrey Kalmikov Rossiya aviakompaniyalariga beriladigan davlat yordamiga shubha bilan qaragan holda, aviamarshrutlar va yoʻnalishlarining bekor qilinishi va taqiqlanishini tijoriy risk deb atadi.

2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan lizing beruvchilar oʻz samolyotlarini Pobedadan qaytarib olishga harakat qilishdi. Samolyotlar uchun ehtiyot qismlarni joʻnatish uchun sanksiyalar joriy qilindi. Andrey Kalmikov bosh direktor lavozimini tark etdi va kompaniyadan ketdi.

Parvoz manzillari

Aviaparki

Pobeda Boeing 737-800

2022-yil sentabr holatiga koʻra Pobeda aviaparki quyidagi samolyotlardan iborat:

Samolyot Miqdori Yoʻlovchilar Eslatmalar
Boeing 737-800 41 189 Samolyotlar Aeroflotdan olingan
Jami 41

Korporativ faoliyati

Biznes koʻrsatkichlari

2014-yildan beri „Pobeda“ ning asosiy moliyaviy koʻrsatkichlari:

2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021
Tovar aylanmasi (mlrd ₽) 0,11 11.3 18.7 20.6 35.5
Yoʻlovchilar soni (mln) 0,11 3.1 4.3 4.6 7.2 10.3 9.0 14.4
Yoʻlovchilar yuklamasi koeffitsienti (%) 78 81.2 88.3 94.2 94.1 94
Samolyotlar soni (yil oxirida) 3 12 12 16 30
Eslatmalar/manbalar

Baxtsiz hodisalar va falokatlar

  • 2016-yil 11-noyabr – Boeing 737-800 Cheboksari aeroportida uchish-qoʻnish yoʻlagidan deyarli 20 metr (66 ft) tashqarida qoʻndi. Hech kim jabrlanmadi, samolyot ozgina zarar koʻrdi.
Yuqori