| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Philip Walter Foden | ||
| Tavallud sanasi | 2000-yil 28-may | ||
| Tavallud joyi | Manchester, Angliya | ||
| Boʻyi | 5 fut 7 inches (1.71 m) | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Manchester City | ||
| Raqami | 47 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2004—2016 | Manchester City | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2016— | Manchester City | 181 | (60) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2015—2016 | Angliya U16 | 6 | (2) |
| 2020— | Angliya | 43 | (4) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Philip Walter Foden (inglizcha: Philip Walter Foden, tugʻ. 2000-yil 28-mayda, Manchester, Angliya, Phil Foden nomi bilan mashhur (inglizcha: Phil Foden)) – ingliz futbolchisi, Angliya Premer-ligasining „Manchester City“ klubi va Angliya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klub martabasi
Foden bolaligidan "Manchester City" ga muxlislik qilgan va 8 yoshida klub akademiyasiga yoziladi. 2017/18-yilgi mavsum boshlanishidan oldin u „Manchester City“ bilan AQShda mavsumoldi gastrol safarida boʻldi. Tur doirasida u asosiy tarkibdagi ilk oʻyinini „Manchester Yunayted“ga qarshi oʻtkazdi. Oʻyindan soʻng bosh murabbiy Pep Guardiola Foden haqida yuqori fikrlarni bildirdi: „Men uzoq vaqtdan beri bunday narsani koʻrmagandim. Uning oʻyini yangi bosqichga chiqdi“.
2017-yilning 21-noyabrida Foden 17 yoshida „Manchester City“ning asosiy tarkibida Yaya Toure oʻrniga „Feyenoord“ ga qarshi Chempionlar ligasi oʻyinida debyut qildi. 2017-yilning 16-dekabrida u Premer-ligadagi debyutini oʻtkazdi va „Tottenxem“ga qarshi oʻyinda Ilkay Gyundogan oʻrniga maydonga tushdi.
Jamoa martabasi
2015-yilning 29-oktabr kuni Philip 16 yoshgacha boʻlgan Angliya terma jamoasi safida gollandiyalik tengdoshlariga qarshi oʻyinda debyut qildi.
2016-yildan beri u 17 yoshgacha boʻlgan Angliya terma jamoasi aʼzosi. Huddi shu yilda terma jamoa tarkibida u Yevropa chempionatida (finalgacha yetib bordi) va jahon chempionatida ishtirok etdi. U oʻz jamoasiga jahon chempionatida gʻalaba qozonishda yordam berdi va „Oltin toʻp“ni qoʻlga kiritib, turnirning eng yaxshi futbolchisiga aylandi. 2017-yilda Philip har yili eng yaxshi yosh sportchiga beriladigan BBC mukofotini oldi.
2019-yilning yozida Philip Italiyada boʻlib oʻtgan 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etish uchun Angliyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga taklif qilindi. Guruhdagi birinchi oʻyinda Fransiyaga qarshi oʻyinda 54-daqiqada gol urdi, ammo jamoasi 1:2 hisobida magʻlub boʻldi.
2020-yil 5-sentabrda u Angliya terma jamoasi safida Islandiyaga qarshi UEFA Millatlar ligasi oʻyinida debyut qildi.
Ishlash statistikasi
Klub martabasi
- 2022-yil 22-may
| Klub | Mavsum | liga | Kubok mamlakatlar | Kubok liga | Evrokuboklar | Boshqalar | Jami | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Oʻyinlar | maqsadlar | Oʻyinlar | maqsadlar | Oʻyinlar | maqsadlar | Oʻyinlar | maqsadlar | Oʻyinlar | maqsadlar | Oʻyinlar | maqsadlar | ||
| Manchester shahri | 2016/17 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
| 2017/18 | 5 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 10 | 0 | |
| 2018/19 | 13 | 1 | 3 | 3 | 5 | 2 | 4 | 1 | 1 | 0 | 26 | 7 | |
| 2019/20 | 23 | 5 | 4 | 1 | 5 | 0 | 5 | 2 | 1 | 0 | 38 | 8 | |
| 2020/21 | 28 | 9 | 5 | 2 | 4 | 2 | 13 | 3 | 0 | 0 | 50 | 16 | |
| 2021/22 | 28 | 9 | 4 | 1 | 2 | 1 | 11 | 3 | 0 | 0 | 45 | 14 | |
| Jami | 97 | 24 | 16 | 7 | 10 | 5 | 36 | 9 | 2 | 0 | 169 | 45 | |
| umumiy martaba | 97 | 24 | 16 | 7 | 18 | 5 | 36 | 9 | 2 | 0 | 169 | 45 | |
Yutuqlar
Jamoa yutuqlari
- Manchester shahri
- Angliya chempioni (4): 2017/18, 2018/19, 2020/21, 2021/22
- Angliya kubogi gʻolibi: 2019
- EFL kubogi sohibi (4): 2018, 2019, 2020, 2021
- Angliya Superkubogi sohibi (2): 2018, 2019
- UEFA Chempionlar Ligasi finalchisi: 2021
- Angliya terma jamoasi (17 yoshgacha)
- Jahon chempionati gʻolibi (17 yoshgacha): 2017-yil
- Angliya terma jamoasi
- Yevropa chempionatining kumush medali sohibi: 2020
Shaxsiy yutuqlar
- Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi uchun „Oltin toʻp“ (17 yoshgacha): 2017
- BBC yilning eng yaxshi yosh sportchisi: 2017
- Alan Hardecker mukofoti sovrindori: 2020
- Premer-ligada mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi (2): 2020/21, 2021/22
- PFA yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi (2): 2020/21, 2021/22
Shaxsiy hayoti
Foden Rebekka Kuk bilan munosabatda. Er-xotinning Ronni ismli oʻgʻli bor. U 2019-yil yanvarda tugʻilgan.
- 28-mayda tugʻilganlar
- 2000-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Angliyalik erkak futbolchilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Manchester City F.C. futbolchilari
- Angliya Premyer-ligasi futbolchilari
- UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari
- UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari