![]() Makélélé (2024-yil) | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Claude Makélélé Sinda | ||
| Tavallud sanasi | 1973-yil 18-fevral | ||
| Tavallud joyi | Kinshasa(hozirgi Kongo DR), Zaire | ||
| Boʻyi | 1.74 m (5 ft 9 in) | ||
| Ampluasi | Tayanch yarim himoyachisi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1991—1997 | Nantes | 169 | (9) |
| 1997—1998 | Marseille | 32 | (2) |
| 1998—2000 | Celta Vigo | 70 | (3) |
| 2000—2003 | Real Madrid | 94 | (1) |
| 2003—2008 | Chelsea | 144 | (2) |
| 2008—2011 | Paris Saint-Germain | 98 | (1) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 1993—1994 | Fransiya U-21 | 7 | (1) |
| 1995—2008 | Fransiya | 71 | (0) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2014 | Bastia | ||
| 2017—2019 | Eupen | ||
| 2024 | Asteras Tripolis | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Claude Makélélé Sinda (18-fevral 1973) — futbol murabbiyi va sobiq professional futbolchi boʻlib, tayanch yarim himoyachisi sifatida faoliyat olib borgan. Eng buyuk tayanch yarim himoyachilaridan biri sifatida tan olingan Makélélé ingliz futbolida oʻz pozitsiyasining oʻrinini qayta belgilagan, ayniqsa, 2004-2005-yilgi mavsum Premyer Ligada u 95 ochko bilan Chelsea titulni qoʻlga kiritishida muhim rol oʻynagan.
Parij Sent-Germainda faoliyatini tugatgan futbolchi kareyrasi davomida Nantes, Marseille, Celta Vigo, Real Madrid va Chelsea jamoalari tarkibida ham toʻp surgan. Makélélé faoliyati davomida Fransiya, Ispaniya va Angliya ligalarida goʻlib boʻlgan, shuningdek, Real Madrid bilan 2001-02-yilgi UEFA chempionlar ligasida ham gʻolib boʻlgan. Bundan tashqari, Makélélé bir marta Chelsea tarkibidaligida FIFPRO Erkaklar yil jamoasiga ham kiritilgan.
Zair shahrida tugʻilgan Makélélé 13 yil davomida Fransiya milliy terma jamoasida toʻp surgan. 2006-yilgi FIFA Jahon chempionatining finalgacha yetib borgan Fransiya milliy terma jamoasining tarkibida boʻlgan. U shuningdek, oʻz terma jamoasi bilan 2002-yilgi FIFA jahon chempionatida, ikki marotaba UEFA Yevropa chempionati va 1996-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlarida ishtirok etdi.
Faoliyatini yakunlagan Makélélé murabbiy va texnik xodim lavozimlariga faoliyat yuritadi. U Bastia va Eupen jamoalari menejeri; Paris Sent-Germain va Swanseada yordamchi menejer; Chelseada yoshlar jamoasi murabbiyi va texnik mentor va Monakoda texnik direktor lavozimlarida ishlagan.
Klubdagi faoliyati
Dastlabki yillar
Makelélé Zairning(hozir Kongo Demokratik Respublikasi) Kinshasa shahrida tugʻilgan. U 1977-yilda, toʻrt yoshida, Parijning yaqinidagi Savigny-le-Temple shaharchasiga koʻchib oʻtdi. Uning otasi André-Joseph Makélélé ham futbolchi edi. U Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi uchun oʻynagan boʻlib, Belgiyaning uchinchi diviziyasida Union Royale Namur klubida kareyrasini yakunlagan.
1992-1993-yilgi mavsum boshida Makélélé allaqachon Nantesning birinchi jamoasida Liga 1 da toʻp surardi. U besh mavsum davomida Nantsda oʻynadi, 1995-yilda Liga 1 da gʻalaba qozonadi va klubni UEFA chempionlar ligasi yarim finalgacha yetib borishida katta yordam beradi. Shundan soʻng u Marseillega oʻtadi va u yerda bir mavsum davomida oʻynadi.
Celta Vigo
Makélélé Marseilledan soʻng Celta Vigoga transfer qilinadi va u Galisiya klubida ikki muvaffaqiyatli mavsum oʻtkazdi. Aleksandr Mostovoi, Valeri Karpin, Haim Revivo va Míchel Salgado bilan birga oʻynagan Claude UEFA kubogida Celtaga Liverpoolga qarshi 4-1 va Juventusga qarshi 4-0 kabi tarixiy gʻalabalarga oʻz hissasini qoʻshgan.
Real Madrid
2000-yil yozida Makéléléning Nantesdagi sobiq jamoadoshi Christian Karembeu Real Madridni tark etib Middlesbroughga borib qoʻshilgach, Claudeni poytaxt klubi sotib oldi. Makéléléning transferi biroz bahsli vaziyatga sabab boʻldi, chunki Celta Makéléléga boʻlgan taklifni Madrid klubi yaxshilamaguncha sotishni xoxlamaydi. Makéléléning oʻz aniq qaror qabul qilinmaguncha mashgʻulotlarga borishni rad etadi. Oxir-oqibat, Celta uni 14 million yevroga sotishga majbur boʻldi.
Realda Makélélé oʻzining medallari sezilarli miqdorda oshirib oladi: ikki marta Ispaniya La Ligasi chempionligi, UEFA Chempionlar ligasi, Superkopa de Espana, UEFA Superkubogi va Qitʼalararo kubokni qoʻlga kiritadi. Vinsente del Boske Real Madrid jamoasida ishlagan davrlarda Makélélé oʻzini dunyodagi eng yaxshi tayanch yarim himoyachisi sifatida tanitadi.
Chelsea


2003-yil yozida Makélélé 16,8 million funt sterling evaziga Chelseaga transfer qilinadi. U ushbu klub safida besh mavsum davomida toʻp suradi.
Paris Saint-Germain

2008-yil 18-iyul sanasida Makélélé Parij klubi uchun tibbiy koʻrikdan oʻtgani haqida xabarlar paydo boʻladi. 21-iyul kuni Chelseani futbolchi erkin agent sifatida tark etadi, Paris Saint-Germain esa futbolchini oʻz safiga qoʻshib olganini oʻsha kuni kechqurungi matbuat anjumanida eʼlon qiladi.
2010-yil 25-fevral kuni u mavsum oxirida isteʼfoga chiqishini eʼlon qiladi, ammo iyun oyida fikrini oʻzgartirgani va klubda yana bir mavsum qolishini aytadi. 2009-10-yilgi mavsum oxirida PSG bilan Fransiya kubogiga sazovor boʻldi.
Murabbiylik faoliyati

Makélélé 2014-yil 24-may kuni Bastianing bosh murabbiyi boʻldi. Ammo klub murabbiy faoliyatidan qoniqmaganligi sababli olti oy ham oʻtmasdan 2014-yil 1-noyabrda ishdan boʻshatiladi. Bastiadan oldin Makélélé Paul Clement bilan birga Paris Sent-Germeindagi yordamchi murabbiy edi. 2016-yil yanvar oyida Monako Makéléléni texnik direktor etib tayinladi. Makélélé 2017-yil yanvar oyida Premyer Liga klubi Swansea Cityga yordamchi murabbiy sifatida qoʻshildi.
Makélélé keyinchalik 2017-yil noyabr oyida Belgiyaning Eupen jamoasiga bosh murabbiy sifatida tayinlanadi. U 2019-yil avgust oyida deyarli ikki toʻliq mavsum bosh murabbiy sifatida Eupenda ishlagach, sobiq klubi yoshlar murabbiyi va texnik mentor sifatida Chelseaga qaytdi. 2023-yil sentyabr oyida u jamoa bilan oʻzaro kelishuv asosida klubni tark etadi.
Statistikasi
Klub
| Klub | Mavsum | Liga | Umumiy | |||
|---|---|---|---|---|---|---|
| Division | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
| Nantes | 1992-93 | Liga 1 | 34 | 1 | 40 | 1 |
| 1993-94 | Liga 1 | 30 | 0 | 36 | 1 | |
| 1994-95 | Liga 1 | 36 | 3 | 47 | 5 | |
| 1995-96 | Liga 1 | 33 | 0 | 45 | 0 | |
| 1996-97 | Liga 1 | 36 | 5 | 37 | 5 | |
| Umumiy | 169 | 9 | 205 | 12 | ||
| Marseille | 1997-98 | Liga 1 | 32 | 2 | 36 | 3 |
| Celta Vigo | 1998-99 | La Liga | 36 | 2 | 44 | 2 |
| 1999-2000 | La Liga | 34 | 1 | 44 | 4 | |
| Umumiy | 70 | 3 | 88 | 6 | ||
| Real Madrid | 2000-01 | La Liga | 33 | 0 | 49 | 1 |
| 2001-02 | La Liga | 32 | 1 | 53 | 1 | |
| 2002-03 | La Liga | 29 | 0 | 42 | 0 | |
| 2003-04 | La Liga | — Oʻz navbatida . | 1 | 0 | ||
| Umumiy | 94 | 1 | 145 | 2 | ||
| Chelsea | 2003-04 | Premyer Liga | 30 | 0 | 46 | 0 |
| 2004-05 | Premyer Liga | 36 | 1 | 50 | 1 | |
| 2005-06 | Premyer Liga | 31 | 0 | 41 | 0 | |
| 2006-07 | Premyer Liga | 29 | 1 | 46 | 1 | |
| 2007-08 | Premyer Liga | 18 | 0 | 34 | 0 | |
| Umumiy | 144 | 2 | 217 | 2 | ||
| PSG | 2008-09 | Liga 1 | 34 | 0 | 40 | 0 |
| 2009-10 | Liga 1 | 31 | 1 | 36 | 1 | |
| 2010-11 | Liga 1 | 33 | 0 | 42 | 0 | |
| Umumiy | 98 | 1 | 118 | 1 | ||
| Umumiy | 607 | 17 | 809 | 25 | ||
Terma jamoa
| Milliy jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
|---|---|---|---|
| Fransiya | 1995 | 1 | 0 |
| 1997 | 1 | 0 | |
| 1998 | 1 | 0 | |
| 2000 | 3 | 0 | |
| 2001 | 6 | 0 | |
| 2002 | 9 | 0 | |
| 2003 | 6 | 0 | |
| 2004 | 8 | 0 | |
| 2005 | 5 | 0 | |
| 2006 | 14 | 0 | |
| 2007 | 11 | 0 | |
| 2008 | 6 | 0 | |
| Umumiy | 71 | 0 | |
Sovrinlar
Futbolchi sifatda
Nantes
- Liga 1: 1994-95
- La Liga: 2000-01, 2002-03
- Superkopa de Espana: 2001, 2003
- UEFA chempionlar ligasi: 2001-02[1]
- UEFA Superkupasi: 2002
- Kontinentlararo kubok: 2002
- Premyer Liga: 2004-05, 2005-06
- FA kubogi: 2006-07
- Futbol ligasi kubogi: 2004-05, 2006-07
- FA Community Shield: 2005-yil
- UEFA chempionlar ligasi finalchisi: 2007-08
Paris Saint-Germain
- Fransiya kubogi: 2009-10
Fransiya
- FIFA Jahon chempionati finalchisi: 2006
Shaxsiy sovrinlari
- FIFPro World XI: 2005
- Chelsea yil oʻyinchisi: 2006
- ESPN 10-yillik ramziy jamoasi: 2009
- UNFP Trophée d’honneur: 2010
- 18-fevralda tugʻilganlar
- 1973-yilda tugʻilganlar
- Kinshasada tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Fransiyalik erkak futbolchilar
- Futbol murabbiylari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar
- UEFA Yevro 2008 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari
- UEFA Yevro 2004 oʻyinchilari
- UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- Angliya Premyer-ligasi futbolchilari
- La Liga oʻyinchilari
- Liga 1 futbolchilari
- Paris Saint-Germain F.K. futbolchilari
- Chelsea F.C. futbolchilari
- Real Madrid CF futbolchilari
- RC Celta de Vigo futbolchilari
- Olympique de Marseille klubi futbolchilari
- FC Nantes futbolchilari
- Alifbo boʻyicha sportchilar
