Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Oʻtov — 2007-yilda rejissyor Ayub Shahobiddinov tomonidan suratgan olingan drama janridagi oʻzbek filmi. Yolqin Toʻychiyev ssenariysi asosida suratgan olingan f

Oʻtov (film)

Oʻtov — 2007-yilda rejissyor Ayub Shahobiddinov tomonidan suratgan olingan drama janridagi oʻzbek filmi. Yolqin Toʻychiyev ssenariysi asosida suratgan olingan filmda bosh rollarni Nozim Toʻlaxoʻjayev, Raʼno Shodiyeva, Aziz Rametov va Xayrulla Saʼdiyev ijro etgan.

Oʻtov
Rejissyor(lar) Ayub Shahobiddinov
Ssenariy
muallif(lar)i
Yolqin Toʻychiyev
Rollarda Nozim Toʻlaxoʻjayev
Aziz Rametov
Raʼno Shodiyeva
Xayrulla Saʼdiyev
Operator(lar) „Oʻzbekkino“ agentligi
Montajyor(lar) Ulugʻbek Abdusoatov
Studiya Yoshlar ijodiy „5-studiya“si
Premyera
sanasi
  • 2007-yil (2007)
Davomiylik 77 daqiqa
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbekcha

Suratga olish

Filmni suratga olish ishlari Boysunda boʻlib oʻtgan. U yerdagi noqulay sharoitni koʻrgan Nozim Toʻlaxoʻjayev filmda suratga tushishdan bosh tortib, Toshkentga qaytib kelgan. Bir oydan soʻng filmni suratga olish boshlanmaganini bilib, vijdoni qiynalgan va suratga olish jarayonini qayta boshlash uchun Boysunga qaytib borgan. Nozim Toʻlaxoʻjayevning taʼkidlashicha, bu filmdagi ijro uni xalqqa tanitgan hisoblanadi. Bosh rollardan birini ijro etgan aktyorlarning yana biri Aziz Rametov esa ushbu filmdagi rolini ijro etishdan avval rejissyor bilan birga giyohvandlar orasiga borib koʻrishgan, ularni kuzatib oʻrgangan va rol ijrosida qiynalganini aytib oʻtgan:

Bo‘ynimga qadar tuproqqa ko‘mib qo‘yishganida o‘lim hissini tuyganman. Juda qo‘rqinchli edi. Hatto, qo‘rqqanimdan ertasi kuni labimga uchiq ham toshib ketgandi.

Syujeti

Ubaydullo va uning oʻgʻli Javohir togʻlar etagidagi oʻtovda istiqomat qilishadi. Uning bobosi Sovet hokimiyatidan agʻdarilgan, otasi esa xalq dushmani sifatida Sibirga surgun qilingan boʻladi. Ubaydullo namoz oʻqiydi, qoʻylarini boqadi va oʻgʻlini iloji boricha tashqi dunyodan himoya qilishga urinib, uni oliy oʻquv yurtida tahsil olishiga ruxsat bermaydi, armiyadan olib qoladi. Oʻgʻli esa otasining bu gʻamxoʻrliklarini yoqtirmaydi. Bu orada Javohirning yoqtirgan qizi boshqasiga turmushga chiqib ketadi. Bir kuni Javohir uyga televizor olib keladi, lekin otasi uni sindirib, koʻmib yuboradi. Javohir yashirincha armiyaga ketadi. Bu orada Ubaydullo Zaynab ismli soqov qizni oʻz nikohiga oladi va bir qancha vaqtdan keyin ular qiz farzandli boʻlishadi. Javohir oʻziga bir qancha illatlar (giyohvandlik) ortirib armiyadan qaytib keladi. Otasi Ubaydullo oʻgʻlining tuzatishga harakat qilib, uni yerga koʻmib qoʻyadi. Film oilani baxtli umrguzaronlik kechirishi bilan tugaydi.

Rollarda

Bosh rollarda

  • Nozim Toʻlaxoʻjayev — Ubaydullo (toʻliq: Sayyid Nurmuhammad oʻgʻli Sayyid Ubaydullo) rolida;
  • Aziz Rametov — Javohir, Ubaydulloning oʻgʻli;
  • Raʼno Shodiyeva — Zaynab, soqov qiz rolida;
  • Xayrulla Saʼdiyev — nozir rolida

Epizodlarda

  • Zamira Beshimova
  • Raxshona Mahmudova — Ubaydullo va Zaynabning qizi;
  • Sayfiddin Meliyev
  • Guli Rejametova
  • Laziz Musayev
  • Fidel Asqarxoʻjayev
  • Ravshan Norboyev
  • Abror Sharipov
  • Anvar Musayev
  • Anvar Xalilov
  • Muzaffar Malikov
  • Natalya Narziyeva
Yuqori