| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Jocelyn Angloma | ||
| Tavallud sanasi | 1965-yil 7-avgust | ||
| Tavallud joyi | Les Abymes, Gvadalupe | ||
| Boʻyi | 1.79 m | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 1978—1985 | L'Etoile de Morne-à-l'Eau | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1985—1987 | Rennes | 37 | (1) |
| 1987—1990 | Lille | 92 | (13) |
| 1990—1991 | Paris Saint-Germain | 36 | (6) |
| 1991—1994 | Marseille | 85 | (3) |
| 1994—1996 | Torino | 60 | (7) |
| 1996—1997 | Inter Milan | 30 | (1) |
| 1997—2002 | Valencia | 120 | (5) |
| 2003—2007 | L'Etoile de Morne-à-l'Eau | ||
| Milliy terma jamoa | |||
| 1990—1996 | Fransiya | 37 | (1) |
| 2006—2007 | Gvadalupe | 14 | (4) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2009—2015 | L'Etoile de Morne-à-l'Eau | ||
| 2017- | Gvadalupe | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Jocelyn Angloma (talaffuzi: Joslen Angloma) (1965-yil 7-avgustda tugʻilgan) — futbol murabiyi va himoyachi sifatida oʻynagan sobiq professional futbolchi. Gvadalupada tugʻilgan, u Franssiya va Gvadalupa terma jamoalarini himoya qilgan. Angloma Gvadalupa terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi.
Klubdagi faoliyati
Angloma oʻzining professional futbolchilik faoliyatini Fransiyada boshlagan va 1992/93-yillarda UEFA Chempionlar Ligasida gʻolib chiqqan Marsel jamoasi aʼzosi boʻlgan. U Yevropaning birinchi divizionlarida 400 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan, jumladan Italiyada va Ispaniyaning „Valensiya“ jamoasida 120 oʻyinda maydonga tushgan va u yerda 2002-yilda nafaqaga chiqqunga qadar oʻynagan. U 2000 va 2001-yillardagi UEFA Chempionlar Ligasi finallarida ispan klubi safida oʻynagan, biroq har ikki finalda ham magʻlub boʻlgan.
Xalqaro faoliyati
Fransiya
Angloma 1990-yildan 1996-yilgacha Fransiya terma jamoasi safida 37 marta maydonga tushib, bitta gol urgan. Angloma Yevro 92 va Yevro 96 da jamoaning asosiy tarkibida maydonga tushgan.
Gvadalupega qaytish
2006-yilda Angloma oʻzining tugʻilgan hududi Gvadalupeda oʻynash va ularga 2007-yilgi Karib dengizi millatlari kubogi saralashiga yordam berish uchun qaytgan. Unga Gvadalupe vakili boʻlishga ruxsat berilgan, chunki Gvadalupe FIFA aʼzosi emas va faqat mintaqaviy musobaqalarda qatnashgan. Qaytganidan soʻng, Angloma oʻng qanot himoyachisi sifatidagi oʻzining pozitsiyasidan koʻchib yarim himoyachi ampulasida oʻynay boshlagan.
2017-yilning dekabrida u Gvadalupega murabbiy etib tayinlangan.
Shaxsiy hayoti
Jocelyn Anglomaning oʻgʻli Johan Gvadalupening bir nechta yoshlar jamoalarida oʻynagan va 2008-yilda 14 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoada Gvadalupening 14 yoshgacha boʻlgan milliy futbol jamoasi aʼzosi boʻlgan.
Faoliyat statistikasi
Xalqaro maydondagi gollari
Fransiya uchun
| # | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1. | 1996-yil 5-iyun | Stadium Lill-Metropole, Villeneuve d’Ascq, Fransiya | 1 – 0 | 2 – 0 | Oʻrtoqlik uchrashuvi |
Gvadalupe uchun
| # | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2006-yil 24-noyabr | Bourda, Jorjtaun, Gayana | 1 – 0 | 3 – 0 | Karib dengizi millatlari kubogi 2006/07 | |
| 2 | 2007-yil 14-yanvar | Menni Ramjon stadioni, Marabella, Trinidad va Tobago | 2 – 1 | 2 – 1 | Karib dengizi millatlari kubogi 2006/07 | |
| 3 | 2007-yil 9-iyun | Miami Orange Bowl, Miami, AQSh | 1 – 0 | 2 – 1 | 2007-yil KONKAKAF Oltin kubogi | |
| 4 | 2007-yil 17-iyun | Reliant stadioni, Xyuston, AQSh | 1 – 0 | 2 – 1 | 2007-yil KONKAKAF Oltin kubogi |
Yutuqlari
Marseille
- 1-divizion : 1991—1992
- UEFA Chempionlar Ligasi : 1992—1993
Inter Milan
- UEFA kubogi sohibi: 1996—1997
Valencia
- La Liga : 2001—2002
- Qirol kubogi : 1998—1999
- Ispaniya Superkubogi : 1999
- UEFA Chempionlar Ligasi 2-oʻrin sohibi: 1999—2000, 2000—2001
- UEFA Intertoto kubogi : 1998
Fransiya U21
- 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati : 1988
- 7-avgustda tugʻilganlar
- 1965-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Fransiyalik erkak futbolchilar
- Gvadelupalik erkak futbolchilar
- Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- La Liga oʻyinchilari
- Serie A futbolchilari
- Paris Saint-Germain F.K. futbolchilari
- Stade Rennais FC futbolchilari
- Lille OSC futbolchilari
- Olympique de Marseille klubi futbolchilari
- Torino FC futbolchilari
- Inter Milan futbolchilari
- Valencia CF futbolchilari
- Liga 1 futbolchilari
- Fransiyalik futbol murabbiylar
- Gvadelupalik futbol murabbiylar
- Sportchilar