Oʻquv yili — oʻquv yurtlarida mashgʻulot boshlanishidan yozgi taʼtilgacha boʻlgan davr. Oʻquv yili dastlab taʼlimning sinfdars tizimi joriy etilishi munosabati bilan XVI asr oxiri — XVII asr boshlarida Gʻarbiy Yevropa va Ukrainada belgilandi. Bungacha bolalar maktablarga har xil vaqtlarda kirib oʻqiganlar, mashgʻulotlar yil boʻyi, taʼtilsiz olib borilgan. Oʻzbekistonda Oʻquv yili 1-sentabrdan 20-iyungacha davom etadi (umumiy oʻrta taʼlim maktablarining boshlangʻich sinflari uchun 1-sentabrdan 25-maygacha). Oʻquv yili umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun 4 chorak, oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlari uchun 2 semestrdan iborat. Chorak va semestrlar orasida oʻquvchi va talabalarga taʼtil beriladi. Oʻquv yilining chorak va semestrlarga boʻlinishi oʻquvchi hamda talabalarning bilim darajasini baholash va nazorat qilish imkonini beradi.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |