Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Oydin Otamurodovna Abdullayeva (1976-yil 6-mart, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek bastakori, oʻqituvchi va siyosatchi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Oydin Abdullayeva

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Oydin va familiyasi Abdullayeva boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Oydin Otamurodovna Abdullayeva (1976-yil 6-mart, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek bastakori, oʻqituvchi va siyosatchi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IV chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati. "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi aʼzosi.

Tarjimai holi

1983-1994-yillar davomida R.Gliyer nomidagi RIMM da violonchel va kompozitsiya yoʻnalishi boʻyicha oʻqigan. 1999-yilda O‘zbekiston Davlat konservatoriyasini professor Mansurovning kompozitorlik fakultetini tamomlagan. Konservatoriyani tamomlagach, kompozitsiya va cholgʻu asboblari kafedrasida dars bera boshlagan. 2004-yildan katta oʻqituvchi, 2009-yilda dotsent, 2018-yildan esa professor ilmiy unvonlarini olgan. 2011-yildan buyon kompozitsiya va asbobsozlik kafedrasi mudiri boʻlgan.

2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IV-chaqiriq Qonunchilik palatasi saylangan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi lavozimiga tayinlangan.

Yuqori