Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Oybek Orifbekovich Usmonov — oʻzbek diplomati, filolog. Oʻzbekistonning Isroil va Pokiston davlatlaridagi sobiq elchisi.

Oybek Usmonov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ushbu maqola diplomat haqidadir. Oybek soʻzining boshqa maʼnolari uchun bu yerga qarang.
Oybek Orifbekovich Usmonov
 Oʻzbеkistоnning Pokistondagi elchisi
 
Mansab davri
2020-yildan – hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Furqat Siddiqov
Mansab davri
2006-yildan – 2011-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Anvar Solihboyev
Vorisi ?
 Oʻzbеkistоnning Isroildagi elchisi
 
Mansab davri
2001-yildan – 2006-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi ?
Vorisi ?
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1962-yil 24-sentyabr (1962-09-24) (64 yosh)
Toshkent

Oybek Orifbekovich Usmonov — oʻzbek diplomati, filolog. Oʻzbekistonning Isroil va Pokiston davlatlaridagi sobiq elchisi.

Biografiyasi

1985-yilda Toshkent davlat universiteti (O‘zbekiston Milliy universiteti) sharqshunos-filologiya fakultetini tamomlagan. Ingliz, doriy va pushtun tillarida so‘zlashadi.

1985-1986 — O‘zbekiston komsomoli markaziy qo‘mitasi huzuridagi maktabning tashqi aloqalar bo‘limi tarjimoni.

1986-1988 — Harbiy xizmat.

1988-1989 — „Rainbow“ nashriyoti Sharq mamlakatlari bo‘limi katta referenti.

1989-1992 — O‘zbekiston teleradiokompaniyasining xorijiy davlatlarga eshittirishlar tahririyati boshlig‘i.

1992-1997 — O‘zbekiston xalqaro madaniy aloqalar milliy assotsiatsiyasi katta inspektori, bo‘lim boshlig‘i.

1997-1998 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasi birinchi kotibi.

1998-2001 — O‘zbekiston Respublikasining Karachi shahridagi Bosh konsulligida ikkinchi kotib, Bosh konsul.

2001-2006 — O‘zbekiston Respublikasining Isroil davlatidagi favqulodda va muxtor elchisi va Falastin muxtoriyatidagi vakili.

2006-2011 — O‘zbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.

2011-2020 — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari.

2020-2024 — O‘zbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.

2024-yildan — O‘zbekiston Respublikasining Afg‘oniston Islom Amirligidagi favqulodda va muxtor elchisi.

Yuqori