- Ushbu maqola futbolchi haqidadir. Oybek soʻzining boshqa maʼnolari uchun bu yerga qarang.
- Vikipediyada ismi Oybek va familiyasi Qilichev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Oybek Mahmurovich Qilichev | ||
| Tavallud sanasi | 1989-yil 17-yanvar | ||
| Tavallud joyi | Zafarobod tumani, Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 1.75 m (5 ft 9 in) | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2007 | Traktor | ||
| 2008—2009 | Paxtakor | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2010 | Paxtakor | 2 | (0) |
| 2011 | Andijon | 18 | (2) |
| 2012—2014 | Paxtakor | 55 | (5) |
| 2014 | → Al-Shaab | 11 | (1) |
| 2015 | Paykan | 12 | (0) |
| 2016 | Paxtakor | 6 | (0) |
| 2016 | Perak FA | 9 | (0) |
| 2017 | Navbahor | 22 | (2) |
| 2018 | AGMK | 11 | (0) |
| 2019 | Andijon | 18 | (2) |
| 2020 | Lokomotiv | 5 | (0) |
| 2020—2021 | Qizilqum | 24 | (7) |
| 2022 | Neftchi | 24 | (3) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2009 | Oʻzbekiston U-20 | 9 | (1) |
| 2009—2010 | Oʻzbekiston U-21 | 5 | (0) |
| 2010—2012 | Oʻzbekiston U-20 | 4 | (0) |
| 2012 | Oʻzbekiston | 5 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Oybek Qilichev (1989-yil 17-yanvarda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik nafaqadagi futbolchi, yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.
Futbolchilik faoliyati
Toshkentda tugʻilgan. Futbolchilik faoliyatini 2007-yilda Toshkentning „Traktor“ jamoasida boshlagan, 2008-yilda „Paxtakor“ jamoasiga oʻtgan. 2011-yilda koʻproq asosiy tarkibda maydonga tushish uchun „Andijon“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2012-yili Paxtakor jamoasi tarkibiga qaytgan. 2014-yilning yanvarida Oybek BAA Pro-ligasining Al-Shaab jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
2015-yilning 20-yanvarida Qilichev 18 oylik shartnoma imzolagan holda Fors koʻrfazi Pro ligasi vakili „Paykan“ jamoasiga oʻtgan. Qilichev 2016-yilning 15-yanvarida „Paxtakor“ bilan shartnoma imzolagan.
Qilichev 2017-yil 24-oktyabrda maydonda raqib futbolchisiga nisbatan tajovuzkor harakatlari va bundan oldin ham bir necha bor bunday harakatlarni amalga oshirgani sababli OʻFA 1 yil muddatga futboldan chetlashtirilgan. 2018-yil 18-iyunda OʻFA tomonidan futbolchining pushaymonligi hisobga olinib chetlatish muddati muddatidan avval yakunlagan va futbolga qaytishga ruhsat berilgan.
2019-yilgi mavsum avvalida „Andijon“ klubi bilan shartnoma imzolagan.
2021-yil yozgi transfer vaqtida Navoiyning „Qizilqum“ jamoasini tark etgan va Fargʻonaning „Neftchi“ klubiga oʻtgan. 2022-yilgi mavsumni „Neftchi“ jamoasida yakunlagan va futbolchilik faoliyatini tugatgan.
Yutuqlar
- Oʻzbekiston Superligasi chempioni (1): 2012
- Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2009, 2018
- Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2021
Shaxsiy hayoti
Oybek taniqli boks murabbiy Toʻlqin Qilichevni ukasi hisoblanadi.
- 17-yanvarda tugʻilganlar
- 1989-yilda tugʻilganlar
- Zafarobod tumanida tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Navbahor futbolchilari
- AGMK futbolchilari
- Andijon klubi futbolchilari
- Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari
- Qizilqum klubi futbolchilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- Perak F.C. futbolchilari
- Al-Shaab CSC futbolchilari
- Paykan F.C. futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari
- Traktor klubi futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Malayziya Superligasi futbolchilari
- Eron Pro ligasi futbolchilari
- BAA Pro-ligasi futbolchilari
- Birlashgan Arab Amirliklaridagi muhojir erkak futbolchilar
- Erondagi muhojir erkak futbolchilar
- Malayziyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Alifbo boʻyicha sportchilar