- Vikipediyada ismi Otabek va familiyasi Mahkamov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Otabek Mahkamov (1984-yil 5-sentabr kuni Fargʻona yoki Toshkent shahrida tugʻilgan) — oʻzbekistonlik kino aktyor, huquqshunos, bloger va Internet persona. Mahkamov bir necha oʻzbek filmlaridagi yordamchi rollari bilan eʼtibor qozongan. Mahkamov odatda salbiy rollarni oʻynaydi. U yana oʻzbek qoʻshiqchilarning bir necha klipida ham rol oʻynagan, jumladan, Ozodbek Nazarbekovning „Meni kuchliroq sev“ qoʻshigʻi klipida.
| Otabek Mahkamov | |
|---|---|
Otabek Mahkamov | |
![]() Otabek Mahkamov 2012-yilda | |
| Tavalludi | 5-sentyabr 1984-yil Fargʻona yoki Toshkent, Oʻzbek SSR, SSRI |
| Fuqaroligi | |
| Kasbi | Aktyor, huquqshunos, Internet persona |
| Faoliyat yillari | 2010 — bugun |
Mahkamov oʻzining ilk rolini 2010-yil „Boʻrilar 3: Oxirgi qarz“ filmida jinoiy qidiruv vakili boʻlib oʻynagan. Aktyor „Majruh“ filmida tergovchi rolini oʻynaganidan soʻng Oʻzbekistonda eʼtibor qozondi. Mahkamov rol oʻynagan boshqa eʼtiborga loyiq filmlarga „Men yulduzman“ (2012), „Jodugar“ (2012), „Yondiradi-kuydiradi“ (2012) va „Fotima“ (2013) filmlari kiradi. 2016-yilda Mahkamov New York shahriga koʻchib borib, YouTubeda video blog yuklay boshladi.
Hayoti
Otabek Mahkamov 1984-yil 5-sentabrda yoki Fargʻona, yoki Toshkent shahrida tugʻilgan. Mahkamov bergan ayrim intervyularida tugʻilgan shahri Toshkent ekanligini, boshqa intervyularida esa Fargʻonada tugʻilganini aytgan. Otasi Abduvahob Sattorovich Mahkamov yoshligida vafot etgan. 2009-yil onasi Raʼno Erkinovna vafot etgan.
Ish faoliyati
Oʻzbekistonda chop etiladigan gazetalarda yozilishicha, Mahkamov huquqshunoslik boʻyicha oliy maʼlumotga ega va shu sohada faoliyat olib boradi. Gazeta-jurnallarda tarqatilgan maʼlumotga koʻra, u hozirda Oʻzbekiston hisobchilar va auditorlar milliy birlashmasida dars beradi.
Mahkamov oʻzining ilk rolini 2010-yil „Boʻrilar 3: Oxirgi qarz“ filmida jinoiy qidiruv vakili boʻlib oʻynagan. Aktyor „Majruh“ filmida tergovchi rolini oʻynaganidan soʻng Oʻzbekistonda qisman eʼtibor qozondi. Mahkamov rol oʻynagan boshqa eʼtiborga loyiq filmlarga „Men yulduzman“ (2012), „Jodugar“ (2012), „Yondiradi-kuydiradi“ (2012) va „Fotima“ (2013) filmlari kiradi.
Mahkamov filmlarda rol oʻynash bilan birga oʻzbekistonlik qoʻshiqchilar kliplarida ham rollar ijro etib turadi. Jumladan, aktyor Ozodbek Nazarbekovning „Meni kuchliroq sev“ qoʻshigʻi klipida rol oʻynagan.
Mahkamov yana mashhur kishilardan intervyu olib, ularni turli xil gazeta-jurnallarda chop etgan. Shu kungacha u Cary-Hiroyuki Tagawa,Frédéric Diefenthal,Armand Assante,Ennio Morricone, va Mithun Chakrabortylardan olgan intervyularini chop etgan.
Mojarolar
2015-yilda Mahkamov oʻz tugʻilgan shahri va olgan taʼlimi ha haqda xil va yolgʻon maʼlumotlarni berib borgani xabar qilnindi. Bu haqda ilk batafsil maʼlumot 2015-yilning yanvarida markazi Oʻsh shahrida boʻlgan „Ijodkor“ adabiyot saytida chop etildi. 2015-yilning 8-mart kuni Sayyod saytida Mahkamovning oʻzbek jurnalistlariga oʻzi haqda yolgʻon maʼlumot berib kelayotgani toʻgʻrisida qisqa maqola chop etildi. Maqolada Mahkamov ochiqchasiga tanqid qilinmadi, lekin uning toʻliq versiyasi keyinroq chop etilishi bildirildi. Mahkamov „Bekajon“ gazetasiga bergan intervyusi davomida oʻziga qoʻyilgan ayblovlarni inkor etdi.
Filmografiyasi
Film
| Yil | Film | Rol | Izoh |
|---|---|---|---|
| 2010 | Boʻrilar 3: Oxirgi qarz | Jinoiy qidiruv vakili | |
| Baxt izlab | Prokuror | ||
| Onaizor | Oʻyinchoq magazini direktori | ||
| Oʻgʻrigina kelin | Xaridor | ||
| 2011 | Erka kuyov | Prokuror | |
| Kelganda kelin 2: Anjancha muhabbat | Tarjimon | ||
| Majruh | Tergovchi | ||
| Nafs | Butik direktori | ||
| Yuzma-yuz | Tender komissiyasi boshligʻi | ||
| 2012 | Akajonim xizmatingizdamiz | Advokat | |
| Bardosh | Muhandislik shirkati egasi | ||
| Jodugar | Advokat | ||
| Koreyalik kelin | Sudya | ||
| Mehribonim | Tergovchi | ||
| Men yulduzman | Produser | ||
| Oqpadar | Bankchi | ||
| Soddagina qiz | Sudya | ||
| Xazina | Jinoiy qidiruv vakili | ||
| Yondiradi-kuydiradi | Kuyov | ||
| Yoningdaman | Tadbirkor | ||
| Oʻjar kelin | Shifokor | ||
| 2013 | Bir kunlik xoʻjayin | Shifokor | |
| Farzandim 2 | Shirkat direktori yordamchisi | ||
| Fotima | Restoran direktori | ||
| Gunoh | Shirkat direktori oʻrinbosari | ||
| Jannatdagi boʻri bolasi | Arxivchi | ||
| Koʻcha | Shifokor | ||
| Oktyabr yomgʻiri | Fizika oʻqituvchisi | ||
| Parchalangan xayol | Ruhshunos | ||
| Qora qanotli farishta | Bankchi | ||
| Panjara | Advokat | ||
| Rashk | Notarius kontorasi ishchisi | ||
| Turist | Oʻtkinchi | ||
| Xazon | Bosh qahramonning amakisi | ||
| Oʻlim farishtasi | |||
| 2014 | Koʻrgim keladi | Tergovchi | |
| Qora mushuk | |||
| 2015 | Baxt ortidagi dard | Tergovchi | |
| Onasini bolasi | Sovchi | ||
| Qizalogʻim | Yurist | ||
| Yetti olam | |||
| Yuragim seniki | |||
| Sevgi, balki bu jannat 2 | |||
| Rashk 2 | |||
| 2016 | Balli, Kamoliddin |
Kliplar
| Yil | Qoʻshiq nomi | Artist |
|---|---|---|
| 2012 | „Meni kuchliroq sev“ | Ozodbek Nazarbekov |
| „Jonim mening“ | Otabek Mutalxoʻjayev | |
| „Kel yorim“ | Rashid Holiqov | |
| „Seni sevaman“ | Ulugʻbek Qodirov | |
| 2013 | „Bevafo yor“ | Botir Yaminov |
| „Rolling in the Deep“ | Shirin | |
| 2014 | „Yogʻadi yomgʻir“ | Benom |
| „Yorim“ | Munisa Rizayeva | |
| „Devonalarmiz“ | Yulduz Usmonova | |
| 2015 | „Qaley-qaley“ | Otabek Mutalxoʻjayev |
