- Vikipediyada ismi Munisa va familiyasi Rizayeva boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Munisa Rizayeva | |
|---|---|
![]() 2022-yilda | |
| Umumiy maʼlumot | |
| Tavalludi | 1986-yil 21-oktyabr Toshkent shahri, Oʻzbekiston |
| Kasbi | Qoʻshiqchi, aktrisa |
| Fuqaroligi | |
| Turmush oʻrtogʻi | Arseniy Moroz |
| Bolalari | 1 |
| Mukofotlari | „Shuhrat“ medali (2021) |
Munisa Rizayeva (1986-yil 21-oktyabrda tugʻilgan) – oʻzbek qoʻshiqchisi va aktrisasi. „Koʻzlarim yana“, „Aha-oho“, „Hollywood“, „Sekin-asta“ va „Ey samo“ qoʻshiqlari ortidan shuhrat qozongan.
Hayoti
Munisa Rizayeva 1986-yil 21-oktyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Bolaligidan musiqa va raqsga qiziqib kelgan. Onasi uni mashhur raqqosa, O‘zbekiston xalq artisti Malika Ahmedovaga shogirdlikka bergan. Otasi esa uning qoʻshiqchi boʻlishini xohlamagan, ammo u yana boshqa musiqa kurslariga ham borgan. Maktabda oʻqiyotgan vaqtida u oilasi bilan Londonga koʻchib oʻtgan. Keyinchalik esa London joylashgan Thames Valley universitetida musiqa sohasida oʻqigan. Keyin esa ikkinchi yoʻnalish sifatida Angliyaning boshqa bir nufuzli universitetida Mehmonxona biznesi va turizm yoʻnalishida ham taʼlim olgan. Uning Toshkent shahrida joylashgan mehmonxonasi bor.
2023-yil iyul oyida Munisa Rizaeva Belaruslik Arseniy Moroz bilan unashtirilgani haqida eʼlon qildi. Toʻy marosimi 2023-yil 7-sentabrda Toshkent shahrida boʻlib oʻtdi.
2024-yil 24-noyabrda u ilk bor onalik baxtini tuyib, oʻgʻil farzand dunyoga keltirgan.
Ijodiy faoliyati
2010-yilda Oʻzbekistonga qaytgan Munisa Rizaeva 2011-yildan boshlab sahnaga chiqishni boshladi. Uning birinchi muvaffaqiyatli taronasi „Ayrilma, yor“ boʻlib, keng auditoriya eʼtiborini tortdi. 2012-yilda ilk albomini taqdim etdi.
Rizaeva „Koʻzlarim yana“, „Aha-oho“, „Hollywood“, „Ey samo“, „Sekin-asta“ kabi qoʻshiqlari orqali Oʻzbekiston va qoʻshni davlatlarda mashhurlikka erishgan.
U bir nechta filmlarda ham rol oʻynagan. Jumladan, „Hay-hay qizaloq“ (2012) va „Salom Natasha“ (2014) kabi filmlarda bosh rollarda namoyon boʻlgan.
- 21-oktyabrda tugʻilganlar
- 1986-yilda tugʻilganlar
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik ayol qoʻshiqchilar
- Oʻzbekistonlik aktrisalar
- Toshkent shahrida tugʻilganlar
- Shuhrat medali sohiblari
- Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar
