Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Olim (arabcha: عالم‎‎ — bilimli, ilimli, dono; maʼlumotli) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Olim (ism)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Olim
(arabcha: عالم‎‎)
Jins erkak
Etimologik maʼnosi bilimli, ilimli, dono; maʼlumotli
Kelib chiqishi arabcha
Yozuv tizimi Lotin alifbosiva arab yozuvi
Ota ismi Olim oʻgʻli, Olimovich
Olim qizi, Olimovna
Ayollar uchun shakli Olima
Yasama shakllari Olimjon, Olimboy, Olimxon, Olimbek
Chet tillardagi oʻxshashliklar arabcha: عالم‎‎
Bogʻliq maqolalar:
Vikilugʻat logotipi
Vikilugʻatda ushbu soʻzga oid batafsil maʼlumot beruvchi sahifa mavjud:
    olim

Olim (arabcha: عالم‎‎ — bilimli, ilimli, dono; maʼlumotli) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Taniqli shaxslar

Davlat va jamoat arboblari

  • Olimxon — Qoʻqon xoni (1801–1810);
  • Olimbek dodxoh — XIX asr qoʻqonlik yirik siyosatchi. Bir qancha vaqt xonlikning siyosiy faollaridan boʻlgan;
  • Olimxontoʻra Shokirxontoʻrayev — Turkiston muxtoriyati Milliy Majlisi aʼzosi, jamoat arbobi;
  • Olimjon Qodiriy — jadid;
  • Olim Alixonov — Sovet ittifoqning siyosat, iqtisod va davlat arbobi;
  • Olim Hakimov — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, mayor;
  • Olim Orazbakov — siyosatchi, diplomat, jamoat arbobi;
  • Olim Qurbonov — Sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni;
  • Olimboy Qoʻchqorov — oʻzbek sovet davlat va partiya arbobi;
  • Olimjon O‘sarov — jurnalist, huquqshunos. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent, 3-toifali adliya maslahatchisi. Ikki chaqiriq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati;
  • Olimjon Toʻychiyev — oʻzbekistonlik texnolog va jamoat arbobi. Turin universiteti rektori.

Ilm-fan va sanʼat arboblari

  • Olim Aminov — iqtisodchi olim, Oʻzbekiston fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1968), iqtisod fanlari direktori (1955), professor (1959), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964);
  • Olim Davlatov — adabiyotshunos, sharqshunos, navoiyshunos;
  • Olim Odilov — oʻzbek musavviri;
  • Olim Pardayev — oʻzbekistonlik iqtisodchi olim, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
  • Olim Sharafiddinov — adabiyotshunos. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi ning muxbir aʼzosi;
  • Olim Toʻraqulov — oʻzbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston milliy universiteti Jizzax filiali direktori;
  • Olim Usmon — tilshunos olim, lugʻatshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1973);
  • Olimjon Karimov — texnika fanlar doktori (1967), professor (1974), paxta terish mashinalarini yaratish boʻyicha yirik konstruktorlardan biri;
  • Olimjon Sarimsoqov — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor;
  • Olimjon Xoldorov — shoir va yozuvchi, dramaturg. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1992), professor (2002).

Sanʼatkorlar

  • Olimjon Halimov — kompozitor, sozanda (gʻijjak). Oʻzbekiston (1957) va Qoraqalpogʻiston (1982) xalq artisti, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1949);
  • Olimjon Qosimjonov — naqqosh usta, Toshkent naqqoshligining yirik vakili;
  • Olimjon Salimov — oʻzbekistonlik rejissyor, aktyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1990).

Sportchilar

  • Olim Ashirov — sovet va oʻzbek futbolchisi;
  • Olim Karimov — oʻzbekistonlik futbolchi;
  • Olim Navkarov — oʻzbekistonlik futbolchi;
  • Olim Qurbonov (sportchi) — tojikistonlik suzuvchi;
  • Olim Shokirov (futbolchi) — oʻzbekistonlik futbolchi;
  • Olim Tillayev — oʻzbekistonlik futbolchi;
  • Olim Xudoyqulov — oʻzbek sambochisi va dzyudochisi.

Boshqalar

  • Olimjon Toʻxtaoxunov — jinoyatchi.

Familiyalar

  • Olimov
  • Olimova

Yana qarang

  • Olima
Yuqori