Nikolay Mixaylovich Prjevalskiy [1839.31.3, Smolensk gubernyasi Kimorovo qishlogʻi — 1888.20.10, K,irgʻiziston, Prjevalsk (hozirgi Qoraqoʻl)] — rus sayyohi va geografi, Markaziy Osiyo tadqiqotchisi, generalmayor (1886), 1867—69 yillarda Ussuri oʻlka-siga, 1870—73 yillarda Mongoliya, Xi-toy va Tibetga ekspeditsiya uyushtirgan. 1876—85 yillarda Markaziy Osiyoga 4-marta ekspeditsiyaga borgan. P. oʻzi tekshirgan hududlarning relyefi, ikli-mi, dare va koʻllari, oʻsimliklari va hayvonot dunyosini tavsiflab bergan. Markaziy Osiyodagi asosiy togʻ tizmalarining yoʻnalishini aniklagan. Ek-speditsiyalar davrida zoologiya, botanika va mineralogiyaga doir kolleksiya va etnografiyaga tegishli maʼlumotlarni toʻpladi. Podsho hukumati Oʻrta Osiyo hududlarini bosib olishda P. toʻplagan maʼlumotlardan unumli foydalangan. P. asarlari koʻpgina xorijiy tillarga tarjima qilingan. Markaziy Osiyo va Alyaskadagi bir nechta tabiiy obʼyektlar, bir qancha hayvon va oʻsimlik turlari P. nomi bilan atalgan.
| Prjevalskiy Nikolay | |
|---|---|
| Prjevalskiy Nikolay Mixaylovich | |
![]() | |
| Tavalludi | 20-oktyabr 1888-yil Prjevalsk(x.Qoraqoʻl) |
| Vafoti | 20-oktyabr 1888-yil (49 yoshda) Qorakoʻl |
| Fuqaroligi | |
Yana qarang
Adabiyot
- Gavrilenko V. M., Russkiy puteshestvennik N. M. Prjevalskiy, M., 1974.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
