Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Nigʻmatilla Toʻlqinovich Yoʻldoshev – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori (2019-yildan), 2019-yildan Oʻzbekiston milliy kurash federatsiyasi prezidenti, 201

Nigʻmatilla Yoʻldoshev

Vikipediyada ismi Nigʻmatilla va familiyasi Yoʻldoshev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Nigʻmatilla Toʻlqinovich Yoʻldoshev – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori (2019-yildan), 2019-yildan Oʻzbekiston milliy kurash federatsiyasi prezidenti, 2015—2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi, Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimovning vafotidan keyin, 2016-yil 2-sentabrdan 8-sentabrgacha – Prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi, 2011—2015-yillarda Adliya vaziri.

Nigʻmatilla Toʻlqinovich Yoʻldoshev
Ниғматилла Тўлқинович Йўлдошев
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori
Mansab davri
2019-yil 20-iyundan – hozirgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Otabek Murodov
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati raisi
Mansab davri
2015-yil 26-yanvardan – 2019-yil 20-iyungacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Ilgizar Sobirov
Vorisi Tanzila Norboyeva
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti v.v.b.
Mansab davri
2016-yil 2-sentabrdan – 8-sentabrgacha
Oʻtmishdoshi Islom Karimov
Vorisi Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri
Mansab davri
2011-yildan – 2015-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Ravshan Muhiddinov
Vorisi Muzrob Ikromov
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi departamenti boshlig'i
Mansab davri
2006-yildan – 2008-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Poʻlat Bobojonov
Vorisi Zohid Dusanov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 5-dekabr 1962-yil (1962-12-05) (63 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Mukofotlari 1-darajali Shon-sharaf ordeni
Unvoni 2-darajali davlat adliya maslahatchisi

Biografiyasi

Maʼlumoti – oliy, 1985-yilda Toshkent Davlat Universitetining yuridik fakultetini tamomlagan.

1985—1986 – Toshkent viloyati Olmaliq shahar prokuraturasining ish oʻrganuvchisi.

1986—1991 – Toshkent viloyati Olmaliq shahar prokuraturasining tergovchisi.

1991—1992 – Toshkent shahri Yunusobod tumani prokuraturasining tergovchisi.

1992—1995 – Toshkent shahar prokuraturasining katta tergovchisi.

1995—1997 – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ichki ishlar vazirligi idoralarida tergov va surishtiruv ustidan nazorat boshqarmasi prokurori.

1997—2000 – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tergov bosh boshqarmasining tashkiliy-uslubiy boʻlimi boshligʻi.

2000—2003 – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ichki xavfsizlikni taʼminlash inspeksiyasining boshligʻi.

2003—2006 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmatining prokuratura idoralari faoliyati masalalari boʻyicha yetakchi inspektori.

2006—2008 – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi.

2008—2011 – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari.

2011—2015 – Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri.

2015-yil 20-yanvarda Senat aʼzoligiga Prezident tomonidan tayinlandi. 23-yanvar kuni Senat raisi etib saylandi.

2019-yil 20-iyunda Senat aʼzoligidan olindi.

2016-yil 2-sentabrda Oliy Majlis palatalarining qarori bilan Oʻzbekiston Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. 8-sentyabr kuni Prezident vakolatlarini bajarish mas’uliyatini vaqtinchalik Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevga topshirishini eʼlon qildi.

2019-yil 20-iyundan hozirga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori.

2019-yil 7-oktyabrdan – Oʻzbekiston milliy kurash federatsiyasi prezidenti.

2025-yil 14-yanvardan – Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi prezidenti.

Mukofotlari

  • Doʻstlik ordeni (Rossiya) (15.10.2025) – MDH makonida qonuniylik, huquq-tartibotni mustahkamlash, fuqarolar huquqlarini himoya qilish, ikki tomonlama va koʻp tomonlama shakllarda prokuraturalararo hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, Rossiya bilan strategik sheriklikni yoʻlga qoʻyishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun
Yuqori