Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Nico Cedric Schlotterbeck (1999-yil 1-dekabr) – Germaniyalik professional futbolchi, Bundesliga jamoasi Borussia Dortmund va Germaniya milliy terma jamoasining

Nico Schlotterbeck

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nico Schlotterbeck
Schlotterbeck 2023-yil Borussia Dortmund safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Nico Cedric Schlotterbeck
Tavallud sanasi 1999-yil 1-dekabr (1999-12-01) (26 yosh)
Tavallud joyi Waiblingen, Germaniya
Boʻyi 1.91 m
Ampluasi Markaziy himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Borussia Dortmund
Raqami 4
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000–2015 VfR Aalen
2015–2017 Karlsruher SC
2017–2018 SC Freiburg
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018–2020 SC Freiburg II 25 (2)
2019–2022 SC Freiburg 49 (4)
2020–2021 → Union Berlin (ijara) 16 (1)
2022– Borussia Dortmund 61 (6)
Milliy terma jamoa
2017 Germaniya U-18 1 (0)
2017–2018 Germaniya U-19 2 (0)
2018 Germaniya U-20 3 (0)
2019–2021 Germaniya U-21 13 (3)
2022– Germaniya 12 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(21-may uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (8-iyun uchun)

Nico Cedric Schlotterbeck (1999-yil 1-dekabr) – Germaniyalik professional futbolchi, Bundesliga jamoasi Borussia Dortmund va Germaniya milliy terma jamoasining markaziy himoyachisi.

Karyerasi

SC Freiburg

Schlotterbeck 2019-yil 9-mart kuni SC Freiburg safida katta futboldagi debyutini oʻtkazadi. U Hertha BSCga qarshi oʻyinida Filipp Lienhart oʻrniga ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga qoʻshiladi. Freiburg safidagi soʻnggi oʻyinda DFB-Pokal finalda magʻlubiyatga uchraydi, shunga qaramasdan Schlotterbeck finalning eng yaxshi oʻyinchisi sovriniga sazovor boʻldi.

Union Berlin (ijara)

2020-yil 31-iyul kuni Schlotterbeck Union Berlin jamoasi bilan bir yillik ijara shartnoma imzolaydi.

Borussia Dortmund

2022-yil 2-may kuni Borussia Dortmund Schlotterbeck bilan besh yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Bu transfer asalarilar uchun 25 million yevroga tushgan.

Terma jamoadagi faoliyati

Schlotterbeck 2021-yil sentyabr oyida FIFA Jahon chempionati saralash bahslarida murabbiy Hansi Flick boshqaruvidagi Germaniya milliy terma jamoasidan ilk chaqiruvni oladi. U oʻzining debyutini 2022-yil 27-mart kuni Isroilga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazadi. Keyinchalik esa 2022-yilgi FIFA Jahon chempionatining yakuniy qaydnomasiga ham kiritiladi.

Schlotterbeck UEFA Yevro 2024 turnirida ham terma jamoasi tarkibiga jalb qilingan.

Shaxsiy hayoti

Schlotterbeck Freiburg safida toʻp surgan sobiq professional futbolchi Niels Schlotterbeckning jiyani. Uning akasi Keven ham professional futbolchi boʻlib, hozirgi kunda Freiburg safida toʻp surmoqda.

Statistikasi

Klub

2024-yil 1-iyun holatiga koʻra
Klub safidagi liga doirasidagi va umumiy statistika
Klub Mavsum Liga Umumiy
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
SC Freiburg II 2018–19 Regionalliga Südwest 24 2 24 2
2019–20 Regionalliga Südwest 1 0 1 0
Umumiy 25 2 25 2
SC Freiburg 2018–19 Bundesliga 4 0 4 0
2019–20 Bundesliga 13 0 14 0
2021–22 Bundesliga 32 4 38 4
Umumiy 49 4 56 4
Union Berlin (ijara) 2020–21 Bundesliga 16 1 17 2
Borussia Dortmund 2022–23 Bundesliga 28 4 39 4
2023–24 Bundesliga 33 2 48 2
Umumiy 61 6 87 6
Umumiy 151 13 185 14
2024-yil 7-iyun holatiga koʻra
Terma jamoa safidagi statistikasi
Milliy jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Germaniya 2022 8 0
2023 3 0
2024 1 0
Umumiy 12 0

Sovrinlar

SC Freiburg

  • DFB-Pokal finalchisi: 2021-22

Borussia Dortmund

  • UEFA Chempionlar ligasi finalchisi: 2023-24

Germaniya U-21

  • UEFA U-21 Yevropa chempionati: 2021
Yuqori