Neva jangi — knyaz Aleksandr Yaroslavich boshchiligidagi rus qoʻshinlari tomonidan Birger Yarl qoʻmondonligi ostidagi shved otryadini Neva daryosining boʻyida tor-mor qilinishi (1240.15.7). Moʻgʻullarning Rusga istilosi sharoitida rus-shved chegarasi xav-fsizligini taʼminlagan. Sarkardalik mahorati va jasurligi uchun knyaz Aleksandr "Nevskiy" deb atala boshlagan.
Turkum::
- Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi