Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Platforma — Yer poʻstining sust harakatlanadigan qismi, geosinklinallarning aksi hisoblanuvchi konti-nentning asosiy struktura elementi. Maydoni bir necha mln.

Platforma (yer)

PlatformaYer poʻstining sust harakatlanadigan qismi, geosinklinallarning aksi hisoblanuvchi konti-nentning asosiy struktura elementi. Maydoni bir necha mln. km² ga yetadi. Platforma tuzilishi 2 qavatdan iborat. Pastki kavat magmatik, metamorfik va vulqon jinslaridan tarkib topgan. Yuqori qavat choʻkindi, baʼzan vulqon jinslaridan tuzilgan. Qalinligi 3–7 km dan 9 km gacha, ayrim joylarda undan ham ortiq. Bir oz qiya holda yotgan qoplama jinslar turli tartibdagi kichik strukturalar bilan murakkablashgan. Platformalarda jadal burmalanishlar quyidagi joylarda yuzaga keladi: tuzli yotqizikdardan tarkib topgan egilmalarda; yondosh burmalangan oblastlarning chekka qismida; avlakogenlarda (yoriqlar bilan chegaralangan va grabensimon shakldagi Platformaning chiziqli egilmasi); poydevorning katta amplitudali yoriqlarga tutashgan qismlarida.

Qad. va yosh Platformalar farq qilinadi. Qadimgi platformaning poydevori paleozoygacha hosil boʻlgan qatlamlarning burmalanishidan yuzaga kelgan. Baʼzan platforma krplama-sini poydevordan oraliq jinslar majmui ajratib turadi. Platformada magmatik jarayonlar ham kuzatiladi, lekin ular geosinklinallardagiga nisbatan bir-muncha sust. Magmatizm jinslari ish-qorbazaltli magmadan iborat. Platformalarda sodir boʻladigan seysmik harakatlar ancha sust boʻladi, lekin yirik yoriqlarga tutashgan joylarida va qoʻshni geosinklinal oblastlar yaqinida kuchli boʻlishi mumkin. Platformalarda geotermik gradiyent geosinklinallardagiga nisbatan 2—4-marta kam. Yosh platformalarda bu koʻrsatkich qadimiylariga nisbatan yuqori. Platformalar chegarasi, odatda, poydevorning burmalangan strukturalari yoʻnalishiga moye kelmasdan, balki qoʻshni geosinklinallarning choʻziklik chegarasi bilan ustmaust tushadi. Platformalar chegarasi keskin yoki juda yoyiq boʻlishi mumkin. Platformalarning yirik struktu-rasi sifatida qalqonlar va plitalar ajratiladi. Plitalarda neft va gazning yirik zaxiralari uchraydi. Yuqorida qayd qilingan barcha belgilar Yer poʻstining 30–60 km qalinlikdagi kontinental P.lariga xosdir. Bulardan tashqari, okean P.lari ham mavjud. Ularga tekis relyefli okean tublari misol boʻla oladi. Yer poʻsti qalinligi bu joyda 5–7 km dan oshmaydi, granitli qatlamlar uchramaydi, choʻkindi qatlamlar kam boʻlganligidan anʼanaviy fikrga asosan neft va gazlarga istiqbolsiz hisoblanadi. Qadimgi platformalarga: Shimoliy Amerika va Janubiy Amerika, Sharqiy Yevropa, Sharqiy Sibir, Afrika, Avstraliya platformalari, yosh P.larga Gʻarbiy Yevropa, Turon-Skif, Gʻarbiy Sibir platformalari mansub.

Yuqori