Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Neslihan Atagül Doğulu (talaffuzi: Neslihan Atagul Dogʻulu ; 1992-yil 20-avgustda tugʻilgan) — turk aktrisasi. U 110 dan ortiq mamlakatlarda sotilgan Kara Sevda

Neslihan Atagül

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Neslihan Atagül Doğulu (talaffuzi: Neslihan Atagul Dogʻulu ; 1992-yil 20-avgustda tugʻilgan) — turk aktrisasi. U 110 dan ortiq mamlakatlarda sotilgan Kara Sevda (2015—2017) serialidagi roli bilan tanilgan va Xalqaro Emmy mukofotining yagona turkiyalik sovrindoridir (2017). Shuningdek, uning Fatih Harbiye (2013—2014) serialidagi hamda Araf va Senden Bana Kalan filmlaridagi bosh rollari diqqatga sazovordir. Aktrisalik faoliyati davomida Atagül koʻplab mukofot va maqtovlarga sazovor boʻlgan, jumladan Tokio xalqaro kinofestivalida „Eng yaxshi ayol roli“ uchun Akademiya mukofotini olgan.

Neslihan Atagül Doğulu
Tavalludi 1992-yil 20-avgust (1992-08-20) (34 yosh)
Istanbul, Turkiya
Fuqaroligi Turkiya
Taʼlimi Yeditepe universiteti
Kasbi Aktrisa, model
Faoliyat yillari 2006-yildan hozirgi kungacha
Millati turk
Boʻyi 1.69 m
Turmush oʻrtogʻi Kadir Doğulu (2016-yildan beri)
Veb-sayti neslihanatagul.com

Biografiyasi

Neslihan Atagül 1992-yil 20-avgustda Istanbulda tugʻilgan. Uning otasi cherkes millatiga mansub haydovchi, onasi esa belarus millatiga mansub uy bekasi edi.

U Yeditepe univetsitetida teatr yoʻnalishi boʻyicha tahsil olgan.

Faoliyati

Dastlabki faoliyat yillari

Atagül 8 yoshida aktrisa boʻlishni maqsad qilgan edi. 2005-yilda 13 yoshida u Neşe Erberkga tegishli Erberk agentligining raqamini topdi; u Erberkning agentlik manzilini olgan va onasi bilan roʻyxatdan oʻtish uchun borgan. Oradan bir oy oʻtgach, u o‘zining birinchi reklama roligida rol o‘ynadi.

2006-yilda Atagül İlk aşk filmida aktrisalik debyutini amalga oshirdi va shu roli tufayli „Istiqbolli yosh aktrisa“ nominatsiyasida faoliyatidagi birinchi mukofotga sazovor bo‘ldi. 2006-2010-yillar oralig‘ida u aynan shu nomdagi romanga asoslangan Yaprak Do‘kümü serialida rol ijro etdi. Kelgusi yillarda Canım Babam, Kalbim Seni Seçti, Hayat Devam Ediyor kabi boshqa seriallarda suratga tushdi.

2012-yilda u Araf filmidagi bosh roli bilan eʼtiborga sazovor boʻldi va ushbu roli sababli nufuzli Tokio xalqaro kinofestivalida „Eng yaxshi ayol roli“ uchun Akademiya mukofotini qo‘lga kiritdi.

2013—2014: Fatih Harbiye

2013-yilda Atagül Kadir Doğulu bilan birga Fatih Harbiye romantik drama seriyasidagi bosh rolni egalladi. Bu turkiyalik yozuvchi Peyami Safaning 1931-yilda nashr etilgan shu nomli kitobiga moslashtirilgan film boʻlib, unda Neriman Solmaz rolini ijro etgan. Neriman mahallada yashab, onasiz o‘sgan yosh ayol bo‘lib, bolalikdan sevib kelgan yigiti bilan unashtirilgan edi. Ammo u Macit Arcaoğlu (Kadir Doğulu) bilan tanishgandan so‘ng hayoti o‘zgaradi.

Fatih Harbiye premyerasi 2013-yil 31-avgustda Fox kanalida boʻlib oʻtdi, biroq keyinroq Show TVga koʻchdi. U ikki mavsum davom etdi va 2014-yil 10-dekabrda yakunlandi.

2015—2017: Kara Sevda va ortib borayotgan mashhurlik

2015-yilda u faoliyatidagi eng muhim va eng sevimli rollaridan birini, Kara Sevda melodramasidagi Nihan Sezin rolini oʻynadi. Ushbu serial 2017-yilda Xalqaro Emmy mukofotining Eng yaxshi telenovela nominatsiyasini qo‘lga kiritgan birinchi turk seriali bo‘ldi. Serial shuningdek Seul xalqaro drama mukofotlari taqdirlash marosimida hakamlar hay’atining maxsus mukofotiga sazovor boʻldi.

Kara Sevda dunyoda eng koʻp tomosha qilingan turk seriallaridan biriga aylandi, 50 dan ortiq tilga tarjima qilingan va Rossiya, Eron, Sloveniya, Urugvay hamda Gretsiya kabi 110 dan ortiq mamlakatlarda efirga uzatilgan. Amerika Qo‘shma Shtatlarida ispan jamiyati uchun efirga uzatilganda, u Univision kanalida eng ko‘p tomosha qilingan ispanlarniki bo‘lmagan serialga aylandi.

Ushbu serialdagi ijrosi tufayli Atagül toʻrtta mukofotni qoʻlga kiritdi va uning mashhurligi nafaqat Turkiyada, balki xalqaro miqyosda, xususan, arab mamlakatlarida ham keskin oshdi.

U İlker Kaleli bilan birga Dip (2018) seriali orqali onlayn oqim platformalarida debyut qildi.

2019—2021: Sefirin Kızı

2019-yilda Neslihan Atagül Nare rolini ijro etgan Sefirin Kızı seriali bilan ekranga qaytdi.

Serial Star TVda ikki fasl davomida jami 52 qismdan iborat boʻlgan holda namoyish etildi. Premyerasi 2019-yil 16-dekabrda boʻlib, 2021-yil 11-mayda yakuniga yetdi va ijrosi uchun u Izmir Artemis xalqaro kinofestivalida „Eng yaxshi ayol roli“ mukofotini oldi. Biroq, seriyaning oʻrtasida Atagül sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar tufayli serialdan voz kechganini eʼlon qildi.

Hozirgi

Hozir Atagül yangi professional loyihasi - Hadsiz jurnali ustida ishlamoqda. Bu jurnal ta’sirchan fotosuratlar va taniqli mehmonlar bilan eksklyuziv suhbatlarni o‘quvchilarga taqdim etadi.

Shaxsiy hayoti

Neslihan 2013-yil oktyabr oyida Fatih Harbiyedagi hamkasbi Kadir Doğulu bilan uchrasha boshlagan. Ular 2015-yilning noyabrida unashtirishgan va 2016-yil iyul oyida turmush qurishgan.

Filmografiyasi

Kino
Yil Nomi Roli Manba(lar)
2006 İlk Aşk Genç Bahar Yordamchi rol
2011 Araf Zehra Bosh rol
2015 Senden Bana Kalan Elif
TBA Ah Belinda Sevilay
Televideniya
Yil Nomi Rol Manba(lar)
2006—2010 Yaprak Dökümü Deniz Başsoy Yordamchi rol
2011 Kalbim Seni Seçti Melis
2011 Canım Babam Pınar Bosh rol
2011—2012 Hayat Devam Ediyor Şirin Bakırcı
2013—2014 Fatih Harbiye Neriman Sölmaz
2015—2017 Kara Sevda Nihan Sezin
2018 Dip Bilge Koral
2019—2021 Sefirin Kızı Nare Çelebi Işıklı
2022— Gecenin Ucunda Macide

Mukofot va nominatsiyalar

Yil Taqdirlash marosimi Yo‘nalish Loyiha Natija Manba(lar)
2006 Golden Boll Film Festival Umidli yosh aktrisa İlk Aşk Gʻolib boʻlgan
2007 Moscow 2morrow Film Festival Hozir va kelajakdagi eng yaxshi aktrisa ArafGʻolib boʻlgan
2011 19th Golden Cocoon Film Festival Umidli yosh aktrisaGʻolib boʻlgan
2012 25th Tokyo International Film Festival Eng yaxshi aktrisaGʻolib boʻlgan
Pune International Film Festival Eng yaxshi namoyishGʻolib boʻlgan
45th Cinema Writers Association Awards Eng yaxshi aktrisaGʻolib boʻlgan
2013 16th Uçan Broom International Women Films Festival Eng yaxshi yosh aktrisaGʻolib boʻlgan
2016 16th Magazinci.com Internet Media (Bests) Yilningeng yaxshi televideniye aktrisasi Kara SevdaGʻolib boʻlgan
6th Ayaklı Newspaper TV Stars Awards Eng yaxshi televideniya dramasi aktrisasi Nomzodlikka qoʻyilgan
Seoul International Drama Awards Eng yaxshi aktrisaNomzodlikka qoʻyilgan
MGD 22nd Golden Lens Awards Eng yaxshi drama aktrisasiGʻolib boʻlgan
Golden Butterfly Awards Nomzodlikka qoʻyilgan
KTÜ Media Awards Eng yuqori baholangan aktrisa Nomzodlikka qoʻyilgan
Ege University 5th Media Awards Eng yaxshi aktrisa Nomzodlikka qoʻyilgan
2017 1st Müzikonair Awards Eng yaxshi televideniya aktrisasiGʻolib boʻlgan
Bilkent TV Awards Eng yaxshi aktrisa Nomzodlikka qoʻyilgan
Turkish Children's Awards Nomzodlikka qoʻyilgan
2020 3rd International Izmir Film Festival Golden Artemis Awards Eng yaxshi aktrisa Sefirin Kızı Gʻolib boʻlgan
SE-SAM Award Ceremony for Those Who Carried Turkish Cinema from the Past to the Future Turk kinosini oʻtmishdan kelajakka olib boradigan ism Gʻolib boʻlgan
1st Cinemaport Awards Eng yaxshi televideniya aktrisasi Sefirin Kızı Gʻolib boʻlgan
2021 Soap Awards France 2021 Eng yaxshi xalqaro aktrisa Kara Sevda Nomzodlikka qoʻyilgan
Distinctive International Arab Festivals Awards Yilning eng yaxshi xalqaro aktrisasi Sefirin Kızı Gʻolib boʻlgan
Yuqori