- Vikipediyada ismi Muzaffar va familiyasi Soliyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Muzaffar Xoldarboyevich Soliyev | |
|---|---|
| Muzaffar Soliyev 2019-yilda | |
| Mansab davri 2017-yil 5-iyuldan – 2021-yil 14-yanvargacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Bosh vazir | Abdulla Oripov |
| Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
| Vorisi | Sherzod Hidoyatov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1975-yil 22-may Toshkent, OʻzSSR, SSSR |
| Maʼlumoti | Toshkent davlat texnika universiteti |
| Unvoni | Polkovnik |
Muzaffar Xoldarboyevich Soliyev (Музаффар Холдарбоевич Солиев, 1975-yil 22-may, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek davlat arbobi, 2021-2023-yillarda Nurafshon shahar hokimi, 2017—2021-yillarda Oʻzbekiston uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish vaziri.
Biografiya
1997-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tugatgan.
1997—1999-yillarda Harbiy xizmatni oʻtagan.
1999—2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi moddiy-texnik va harbiy taʼminot xizmatlarida turli lavozimlarda ishlagan.
2015—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining oʻrinbosari boʻlgan.
2017-yil 5-iyulda „Oʻzkommunxizmat“ agentligi negizida tashkil etilgan Uy-joy, kommunal xizmatlar vazirligiga rahbar etib tayinlandi.
2021-yil 14-yanvarda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan „ishidagi kamchiliklar, qayta-qayta ogohlantirishlardan xulosalar chiqarilmaganligi uchun“ ishdan boʻshatilgan. Uning oʻrniga Sherzod Hidoyatov uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri etib tayinladi
15-yanvar kuni Nurafshon shahar hokimi etib tayinlandi va 2023-yil 6-aprelda ushbu lavozimdan ozod qilindi. Shu kuni qamoqqa olingani aytilgan.
2024-yil mart oyi boshlarida uning ishi jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tumani sudida koʻrib chiqilishi boshlangan. Sud hukmi bilan mamlakat Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasida (mansab soxtakorligi) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. 7 yillik qamoq jazosiga tortilishi bilan birga 3 yil mobaynida moddiy javobgar shaxs lavozimida ishlash huquqidan ham mahrum etilgan. U soxta maʼlumotlar va yozuvlar kiritib hujjatlar tuzish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar orqali pul mablagʻlarini naqdlashtirib, ularni uyushgan guruh aʼzolari oʻrtasida taqsimlash orqali moddiy daromad orttirish maqsad qilgani aytilgan.
- 22-mayda tugʻilganlar
- 1975-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar

