Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Gʻanijon Sheraliyevich Soliyev (1979-yil; Bogʻdod tumani, Fargʻona viloyati, OʻzSSR) – oʻzbekistonlik iqtisodchi va davlat arbobi. 2024-yildan Bogʻdod tumani ho

G‘anijon Soliyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
G‘anijon Soliyev
G‘anijon Sheraliyevich Soliyev
Fayl:Gʻanijon Soliyev.jpg
 Bagʻdod tumani hokimi
Mansab davri
19-fevral 2024-yildan  hozirgi kungacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Hokim Xayrullo Bozorov
Oʻtmishdoshi Yusufjon Husayinov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1979-yil 1-yanvar (1979-01-01) (47 yosh)
Bagʻdod tumani, Fargʻona viloyati, OʻzSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSR → Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati Oʻzbek
Taʼlim Toshkent moliya instituti
Maʼlumoti Bakalavr

Gʻanijon Sheraliyevich Soliyev (1979-yil; Bogʻdod tumani, Fargʻona viloyati, OʻzSSR) – oʻzbekistonlik iqtisodchi va davlat arbobi. 2024-yildan Bogʻdod tumani hokimi.

Hayoti

Gʻanijon Soliyev 1979-yilda Bagʻdod tumanida tugʻilgan. Toshkent moliya institutining iqtisod yoʻnalishida tahsil olgan.

Dastlabki faoliyatini 2002-yilda Uchkoʻprik tumani moliya boʻlimida boshlagan, turli yillarda Moliya vazirligining ijtimoiy soha va aholini moliyalashtirish bosh boshqarmasi, Fargʻona viloyati moliya boshqarmasi, Fargʻona shahri va Bagʻdod tumani moliya boshqarmalarida mas’ul lavozimlarda ishlagan.

2014–2017-yillarda Oltiariq tumani hokimi oʻrinbosari, 2017–2020-yillarda Bagʻdod tumani hokimi birinchi oʻrinbosari, 2020–2022-yillarda Fargʻona tumani hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, 2022-2024-yillarda Bagʻdod tumani „Xoʻja qishloq“ MFYda hokim oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.

2024-yil 19-fevraldan Bagʻdod tumani hokimi lavozimiga tayinlangan.

Yuqori