Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Moana (inglizcha: Moana) – 2016-yilda ekranlarga chiqarilgan musiqali animatsion film. Walt Disney Animation Studios tomonidan ishlangan, Walt Disney Pictures t

Moana (film)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Moana

Film posteri
Rejissyor(lar)
  • Ron Clements
  • John Musker
Prodyuser(lar) Osnat Shurer
Ssenariy
muallif(lar)i
Jared Bush
  • Ron Clements
  • John Musker
  • Chris Williams
  • Don Hall
  • Pamela Ribon
  • Aaron Kandell
  • Jordan Kandell
Rollarda
Bastakor(lar)
  • Lin-Manuel Miranda
  • Opetaia Foa'i
  • Mark Mancina
Operator(lar) Rob Dressel
Montajyor(lar) Jeff Draheim
Studiya
  • Walt Disney Pictures
  • Walt Disney Animation Studios
Distribyutor Walt Disney Studios
Motion Pictures
Premyera
sanasi
  • 2016-yil 14-noyabr (2016-11-14) (AFi kinofestivali)
  • 2016-yil 23-noyabr (2016-11-23) (AQSh)
Davomiylik 107 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSH
Til inglizcha
Byudjet $150 million
Daromad $643,3 million
Keyingi film Moana 2

Moana (inglizcha: Moana) – 2016-yilda ekranlarga chiqarilgan musiqali animatsion film. Walt Disney Animation Studios tomonidan ishlangan, Walt Disney Pictures tomonidan esa tarqatilgan. Filmga John Musker va Ron Clements rejissyorlik qilgan. Film bosh qahramonlariga Auliʻi Cravalho, Dwayne Johnson, Rachel House, Temuera Morrison, Jemaine Clement, Nicole Scherzinger ovoz bergan.

Film „Eng yaxshi toʻliq metrajli animatsion film“ va „Eng yaxshi qoʻshiq“ („How Far I'll Go“) nominatsiyalarida Oscarga nomzod etib koʻrsatilgan.

Moana Italiyada boshqa nom ostida namoyish etilgan. Sababi mamlakatda pornoaktrisa Moana Pozzi mashhur boʻlgan. Tomoshabinlar chalkashib ketmasligi uchun film nomini Vaiana deb oʻzgartirishga qaror qilingan.

Ovoz berganlar

  • Auliʻi Cravalho – Moana
    • Louise Bush – Moananing bolaligi
  • Dwayne Johnson – Maui
  • Rachel House – Tala
  • Temuera Morrison – Tui, Moananing otasi
  • Christopher Jackson – Tui (vokal)
  • Jemaine Clement – Tamatoa
  • Nicole Scherzinger – Sina, Moananing onasi va Tuining rafiqasi
  • Alan Tudyk – Heihei, xoʻroz
  • Oscar Kightley – baliqchi
  • Troy Polamalu – qishloqda yashovchi kishi
  • Puanani Cravalho (Auliʻi Cravalhoning onasi) – qishloqda yashovchi kishi
Yuqori