Moʻgʻol — Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi qishloq aholi punkti. U Moʻgʻol qishloq fuqarolar yigʻini hududida joylashgan.
Moʻgʻol | |
|---|---|
Qishloq | |
| Mamlakat | Oʻzbekiston |
| Viloyat | Jizzax viloyati |
| Tuman | Baxmal tumani |
Etimologiyasi
Toponim etnoykonim hisoblanadi. Nomning asl shakli moʻgʻul boʻlib, qadimiy turkiy qabilalardan birining nomi bilan bogʻliq.
Moʻgʻul soʻzining kelib chiqishi haqida Abulgʻoziy Bahodirxon o‘zining Shajarai turk asarida quyidagicha yozadi: “Asl lafz moʻgʻul mungul turur, avomning tili kelmaslikidin bora-bora moʻgʻul tedilar. Mungning maʼnosi barcha turk tilida qaygʻu demakdur”.
Manbalarga ko‘ra, o‘zbeklarning Juz(yuz) qabilasi va qirgʻizlarning ayrim qabilalari tarkibida ham moʻgʻul urug‘i mavjud bo‘lgan. Tadqiqotchilar fikricha, ular qadimda Markaziy Osiyoda yashagan va keyinchalik Movarounnahr hududiga kelib, turk hamda qarluq qabilalari bilan yaqin aloqada yashaganlar.
Ayni qishloq aholisining aksari ham juzlar, ulardan tashqari minglar, turklar(shunday ataladigan o‘zbek urug‘laridan biri) va barloslar ham yashaydi.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, bu etnik guruh nomining Moʻgʻuliston davlati yoki moʻgʻul xalqiga bevosita aloqasi yoʻq. Movarounnahr hududiga kelib joylashgan ayrim turkiy qabilalar alohida etnik birlik sifatida moʻgʻul nomi bilan atalgan.