Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Moʻjizakor ayol DC Comics nashriyoti tomonidan chop etilgan komikslardagi qudratli superqahramondir. Personajning xarakteri Adolat Ligasining asoschisi va Amazo

Moʻjizakor ayol

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Wonder Woman

Rassom Alex Ross.
Nashr haqida maʼlumot
Nashriyot DC Comics
Debyut All Star Comics #8 (Oktabr 1941)
Muallif(lar) William Moulton Marston
Harry G. Peter
Qahramon haqida maʼlumot
Pozitsiyasi Yaxshi
Toʻliq ismi Diana Prins
Taxallus(lar)i Theymscira malikasi Diana,
Diana Prins
Turi Yarim maʼbuda
Boʻyi 182 sm
Vazni 63 kg
Koʻz rangi Jigarrang
Soch rangi Qora
Tavallud sayyorasi Yer
Tavallud joyi Theymscira
Oilaviy ahvoli Turmushga chiqmagan
Ittifoqchilari va dushmanlari haqida maʼlumot
Guruh va tashkilotlar Adolat Ligasi
Ittifoqchilari Steve Trevor
Batman
Superman
Flash
Aquaman
Dushmanlari Ares

Moʻjizakor ayol DC Comics nashriyoti tomonidan chop etilgan komikslardagi qudratli superqahramondir. Personajning xarakteri Adolat Ligasining asoschisi va Amazon xalqining elchisi oʻlaroq tasvirlanadi. Keyinchalik, 1941-yilning oktabrida ilk bor All Star Comicsning 8-sonida paydo boʻla boshladi.Moʻjizakor ayol personaji DC Comics komikslarida 1986-yildagi qisqa tanaffusdan tashqari deyarli doimiy ravishda chop etilgan. Onayerida, yaʼni Themyscira orolida uning ismi Themysciraning qizi Diana yoki Hippolyta qizi boʻlgan, onayeridan olisda boʻlganda, yaʼni biror-bir jamiyatga qoʻshilganda, u oʻzini Diana Prince oʻlaroq qabul qiladi.

Moʻjizakor ayol — Amazon malikasi (yunon mifologiyasi asosida), oʻzining vatanida Diana nomi bilan tanilgan. Diana — tajribali jangchi, gʻayritabiiy kuchi, tezligi, sabr-bardoshi, hayvonlar bilan aloqa qilish imkoniyatiga ega va ayni paytda haqiqatni aytishga majbur qiladigan va himoyani bajaradigan bilaguzuklardan foydalanad.

Boshqa ommaviy axborot vositalari

Kino

Gal Gadot oʻynagan Moʻjizakor ayol qahramoni

DC Kengaytirilgan Koinoti tomonida Moʻjizakor ayol haqida yaxshi syujetli hamda kassabop filmlar ham ishlangan. Moʻjizakor ayol roliga Isroillik aktrisa va model Gal Gadot tanlangan. Bularga, Batman v Superman: Dawn of Justice (2016), Adolat Ligasi (2017), Moʻjizakor ayol hamda Moʻjizakor ayol 1984 kabi filmlarni kiritishimiz mumkin.

Animatsion filmlar va teleseriallar

2009-yilda ishlangan Moʻjizakor ayol toʻliq hajmli animatsion filmi, shuningdek, animatsion teleseriallardan esa, Adolat Ligasi multserialini koʻrishimiz mumkin.

Yuqori