Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Gal Gadot (ibroniycha: גל גדות‎ ; 1985-yil 30-aprelda tugʻilgan) — isroillik aktrisa va model. 18 yoshida „Miss Isroil 2004“ goʻzallik tanlovida gʻolib boʻlgan.

Gal Gadot

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Gal Gadot

Gadot 2017-yilda
Tavalludi 1985-yil 30-aprel (1985-04-30) (41 yosh)
Petax-Tikva, Isroil
Fuqaroligi Isroil bayrogʻi Isroil
Kasbi Aktrisa
model
prodyuser
Boʻyi 178 sm
Faoliyat yillari 2004 — hozirgacha
Bolalari 4[manba kerak]
Veb-sayt galgadot.com

Gal Gadot (ibroniycha: גל גדות ; 1985-yil 30-aprelda tugʻilgan) — isroillik aktrisa va model. 18 yoshida „Miss Isroil 2004“ goʻzallik tanlovida gʻolib boʻlgan. Isroil qurolli kuchlarida ikki yil xizmat qilgan.

Gadot birinchi marta „Forsaj“ (2009) filmida rol ijro etgan. DC kinofilmlarida gavdalantirgan Moʻjiza ayol roli ortidan esa olamshumul shuhrat qozongan. 2018-yilda „Time“ jurnalining dunyodagi eng nufuzli 100 shaxs roʻyxatiga kiritilgan.

Faoliyati

Gadot „Batman v Superman: Dawn of Justice“ filmi taqdimotida (2014).
Gadot va Jesse Eisenberg (2015).

Modellik

18 yoshida Gadot „Miss Isroil 2004“ goʻzallik tanvolida gʻolib chiqib, Ekvadorda oʻtkazilgan „Miss Universe 2004“ tanlovida ishtirok etgan. Isroil armiyasida ikki yil xizmat ham qilgan.

Filmografiyasi

Gadot San Diego Comic-Conda (2016).

Filmlar

Yil Film Rol Izohlar Manba(lar)
2009 Forsaj Gisele Yashar
2010 Date Night Natanya
Knight and Day Naomi
2011 Forsaj 5 Gisele Yashar
2013 Forsaj 6
2014 Kicking Out Shoshana Mirit Ben Hatush
2015 Forsaj 7 Gisele Yashar
2016 Triple 9 Elena Vlaslov
Batman v Superman: Dawn of Justice Diana Prince / Moʻjizakor ayol
Criminal Jill Pope
Keeping Up with the Joneses Natalie Jones
2017 Moʻjizakor ayol Diana Prince / Moʻjizakor ayol
Justice League
2018 Ralph Breaks the Internet Shank ovoz bergan
2019 Between Two Ferns: The Movie oʻzi epizodik rolda
2020 Wonder Woman 1984 Diana Prince / Moʻjizakor ayol
2021 Zack Snyder's Justice League
Red Notice Sarah Black
2022 Death on the Nile Linnet Ridgeway
2023 Fast X Gisele Yashar
Shazam! Fury of the Gods Diana Prince / Moʻjizakor ayol
The Flash
Heart of Stone Rachel Stone
2025 Snow White Yovuz qirolicha
In the Hand of Dante Giulietta Tosches / Gemma Donati
The Runner Post-prodakshn
Ruin

Teleseriallar

Yil Serial Rol Izohlar Manba(lar)
1999 Shemesh raqqosa epizod: „Imperyat HaHushim“
2007 Bubot Merry Elkayam
2009 The Beautiful Life Olivia 3 ta epizod
Entourage Lisa epizod: „Amongst Friends“
2011 Asfur Kika 17 ta epizod
2012 Kathmandu Yamit Bareli miniserial
2013 DocuCeleb oʻzi telefilm
2017 Saturday Night Live epizod: „Gal Gadot/Sam Smith“
Saturday Night Live: Cut for Time epizod: „The Last Fry“
2018 The Simpsons oʻzi ovoz bergan; epizod: „Bartʼs Not Dead“
2021 Impact with Gal Gadot

Musiqiy videolar

Yil Klip Ijrochi(lar) Rol Manba(lar)
2018 „Girls Like You“ Maroon 5 (Cardi B bilan duet) oʻzi
2020 „Imagine“ Gal Gadot & Friends
2023 „Quiet“ Noga Erez Rachel Stone
Yuqori