Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Milliy bogʻ, milliy tabiat bogʻi — alohida qoʻriqlanadigan, inson faoliyati taʼsiriga uchramagan va tabiiy manzaralari saqlangan, oʻsimliklar va hayvonot olami

Milliy bogʻ

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Milliy bogʻ, milliy tabiat bogʻi — alohida qoʻriqlanadigan, inson faoliyati taʼsiriga uchramagan va tabiiy manzaralari saqlangan, oʻsimliklar va hayvonot olami va ularning yashash muhiti ilmiy va oʻquv-amaliy ahamiyatga ega boʻlgan katta tabiiy hudud. Milliy bogʻda landshaftlarni tiklash, noyob va yoʻqolib borayotgan hayvonlar va oʻsimliklar turlarini saqlash ishlari amalga oshiriladi, bir qismi dam oluvchilar va qatʼiy tartibda turistlar uchun ochiqligi bilan qoʻriqxonalardan farq qiladi. Chet ellarda Milliy bogʻ davlat tomonidan qoʻriqlanadigan hududlarning keng tarqalgan toifasi hisoblanadi. Jahonda birinchi Milliy bogʻ AQSH kongressi 1872-yilda qabul qilgan qonun asosida Yellouston daryosining yuqori oqimidagi Qoyali togʻlar hududida tashkil etilgan Yellouston Milliy bogʻidir. 1980-yillar oxirida jahonda 2600 dan ortiq Milliy bogʻlar va faoliyati hamda vazifalariga koʻra, M. B.ga yaqin boʻlgan qoʻriqlanadigan hududlar tashkil etildi. Ulardan Grenlandiya (Daniya) Milliy bogʻi, maydoni 7 mln.ga, VudBaffalo (Kanada) Milliy bogʻi, maydoni 4,5 mln.ga, Serengeti (Tanzaniya) Milliy bogʻi, maydoni 2 mln.ga, Oʻzbekistonda Zomin milliy bogʻi, Ugom-Chatqol milliy bogʻi mashhur.

Abdushukur Xonazarov.

Yuqori