Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Marselo Vieyra da Silva Junior (portugalcha: Marcelo Vieira da Silva Júnior; 1988-yil 12-mayda tugʻilgan) – braziliyalik sobiq professional futbolchi, chap qano

Marcelo Vieira

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Marselo
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Marcelo Vieira da Silva Júnior
Tavallud sanasi 1988-yil 12-may (1988-05-12) (38 yosh)
Tavallud joyi Rio-de-Janeyro, Braziliya
Boʻyi 1.74 m (5 ft 8 1⁄2 in)
Ampluasi Chap qanot himoyachisi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002—2005 Fluminense
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2005—2007 Fluminense 30 (6)
2007—2022 Real Madrid 386 (26)
2022—2023 Olympiacos 5 (0)
2023—2024 Fluminense 43 (3)
Milliy terma jamoa
2005 Braziliya U17 3 (1)
2007 Braziliya U20 4 (0)
2008 Braziliya U23 6 (1)
2012 Braziliya olimpiya (O.P.) 6 (0)
2006—2018 Braziliya 58 (6)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Marselo Vieyra da Silva Junior (portugalcha: Marcelo Vieira da Silva Júnior; 1988-yil 12-mayda tugʻilgan) – braziliyalik sobiq professional futbolchi, chap qanot himoyachisi ampulasida oʻynagan. Barcha davrlarning eng buyuk chap qanot himoyachilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan Marcelo, oʻzining hujumkor qobiliyatlari bilan tanilgan. U faoliyatining koʻp qismini La Liganing „Real Madrid“ klubida oʻtkazgan va 25 ta sovrinni qoʻlga kiritgan klubning eng koʻp mukofotlangan futbolchilaridan biri hisoblanadi.

Futbolchilik faoliyati

Fluminense

Marselo 9 yoshidan boshlab, futzal oʻynashni boshlagan. 13 yoshida esa braziliyaning grand klublaridan biri boʻlgan Fluminensening yoshlar tarkibiga kelib qoʻshildi. U boshida yarim himoyada oʻynadi, keyinchalik esa yangi kelgan murabbiy uning katta tezlikka egaligidan samaraliroq foydalanish maqsadida himoyada oʻynatishga qaror qildi. U deyarli futbolni tashlab yuborayotgan edi, chunki uning ota-onasi mashgʻulotlar bazasiga borib kelish uchun yoʻl harajatlari koʻtara olishmayotgan edi. Lekin klub iqtidorli oʻyinchidan ajrab qolmaslik maqsadida bu harajatlarni oʻz zimmasiga oldi. Fluminense tarkibida oʻtkazgan ikki mavsumda u 38 oʻyinda maydonga tushdi va 6 marta raqib darvozasiga toʻp kiritdi.

Real Madrid

yosh himoyachining iqtidorini payqagan „Real“ seleksionerlari tezda uni jamoaga jalb etish harakatiga tushishdi va natijada 2007 yilning yanvar oyida madridliklar Marselo bilan 2013 yilgacha shartnoma imzolashdi. Kelishuv summasi 7 mln. yevroga baholandi. Marselo „Real“dagi oʻz hamkasblarining saʼy-harakatlari evaziga tez orada Madridda moslashib ketdi. Bunda Roberto Karlosning harakatlari alohida oʻrin tutdi. U Marseloga oʻz tajribasini ulashdi va har taraflama yordam berdi. Mavsumning qolgan davrida u 6 ta oʻyinda ishtirok etdi va Ispaniya chempioni nomiga sazovor boʻldi. Bernd Shuster vaqtida Marselo asosiy tarkibdan muqim joy oldi.

2011 yil 26-iyulda Marselo rasmiy ravishda ispaniya fuqarosi boʻldi, oʻsha vaqtdan buyon u YeI mamlakatlari legioneri hisoblanadi.

Yutuqlari

  • Ispaniya chempioni: 2006/2007, 2007/2008, 2011/2012
  • Ispaniya kubogi gʻolibi: 2010/2011
  • Ispaniya superkubogi sohibi: 2008, 2012
  • Olimpiyada oʻyinlari bronza medali sohibi: 2008
  • Olimpiyada oʻyinlari bronza medali sohibi: 2012

Shaxsiy sovrinlari

  • UEFA Yilning ramziy jamoasi: 2011
  • FIFA World XI: 2012

Ishtirok etish statistikasi

2012 yil 13 may holatiga.

Jamoa Mavsum Chempionat Kubok Yevrokuboklar Jami
OʻGTUOʻGTUOʻGTUOʻGTU
Fluminense 2005 12200000001220
2006 18400000001840
Jami 30600000003060
Real Madrid 2006/07 600000000600
2007/08 25020005013003
2008/09 29430006003543
2009/10 35492006004349
2010/11 323460112225057
2011/12 32355007044439
Jami 1561422170136272091631
Faoliyatidagi jami 1862022170136272392231
Yuqori