Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Mansur Temirovich Ravshanov (1937-yil 7-aprel, Qarshi, OʻzSSR – 2025-yil 11-aprel) – aktyor, rejissor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983).

Mansur Ravshanov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mansur Ravshanov
Tavalludi
Mansur Temirovich Ravshanov

7-aprel 1937-yil
Qarshi, OʻzSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSR → Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktyor, rejissyor
Mukofotlari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi

Mansur Temirovich Ravshanov (1937-yil 7-aprel, Qarshi, OʻzSSR – 2025-yil 11-aprel) – aktyor, rejissor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1983).

Hayoti

Mansur Ravshanov 1937-yil 7-aprelda Qarshida tugʻilgan. 1961-yili Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan. 1963-1974-yillarda Surxondaryo teatrida avval aktyor, keyinchalik rejissor, bosh rejissor faoliyatini olib borgan. 1974–1975-yillar Qashqadaryo teatrida bosh rejissor „Alpomish“ (S. Abdulla; T. Jalilov), „Boy ila xizmatchi“, „Maysaraning ishi“, „Jononga bordim bir kecha“ (Hamza), „Alisher Navoiy“ (I. Sulton, Uygʻun), „Parvona“ (Uygʻun), „Nurxon“ (Komil Yashin), „Ajab savdolar“ (H. Gʻulom; Manas Leviyev), „Kelinlar qoʻzgʻoloni“ (S. Ahmad), „Oʻz arizasiga koʻra“ (Oʻlmas Umarbekov), „Makr va muhabbat“ (Friedrich Shiller), „Momo yer“, „Oq kema“ (Ch. Aytmatov), „Kelin va kuyov“ (M. Bayjiyev), „Amir Temur va Yildirim Boyazid“ (K. Abdunabiyev), „Alpomishning qaytishi“ (U. Azim) kabi spektakllarni sahnalashtirgan.

Mansur Ravshanov 2025-yil 11-aprelda 88 yoshida vafot etgan.

Yuqori