Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Mahmud Torobiy (forscha: محمود تارابی‎‎?, Buxoroning Torob qishlogʻi —1238) – Buxoroda moʻgʻullar zulmiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon (1238) rahbari.

Mahmud Torobiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mahmud Torobiy
forscha: محمود تاربی
Tavalludi nomaʼlum
Buxoro viloyati, Torob qishlog‘i
Vafoti 1238
Fuqaroligi Chigʻatoy ulusi

Mahmud Torobiy (forscha: محمود تارابی?, Buxoroning Torob qishlogʻi —1238) – Buxoroda moʻgʻullar zulmiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon (1238) rahbari.

Mahmud Torobiy Hunarmand oilasida tugʻilgan. Gʻalvirchilik bilan shugʻullangan, ayni paytda tabiblik ham qilgan. U kuchli nufuzga ega, tasavvuf gʻoyalari bilan tanish shaxs boʻlgan. Buxoroda moʻgʻullarga qarshi boshlangan qoʻzgʻolonga mashhur ulamo Shamsuddin Mahbubiyning taklifi bilan rahbarlik qilgan. Buxoro atrofida moʻgʻullarga qarshi boʻlgan jangda halok boʻlgan. Qabri ustiga XIII asrda qurilgan daxma Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, qayta taʼmirlandi. Mahmud Torobiy haqida Oybek „Mahmud Torobiy“ (1944) opera librettosi va dostonini, Asad Dilmurod „Mahmud Torobiy“ (1998) tarixiy romanini yozgan. Buxoro viloyati Jondor shaharchasida haykal oʻrnatilgan.

Yuqori