Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Asad Dilmurod (1947—2019) — yozuvchi va jurnalist. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.

Asad Dilmurod

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vikipediyada ismi Asad boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Asad Dilmurod
Tavalludi 20-iyul 1947-yil
Samarqand viloyati Urgut tumani Qoratepa qishlogʻi
Vafoti 29-yanvar 2019-yil(2019-01-29)
(71 yoshda)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Oʻzbekiston milliy universiteti
Kasbi Jurnalist va yozuvchi
Unvoni

Asad Dilmurod (1947—2019) — yozuvchi va jurnalist. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.

Hayoti

Asad Dilmurod 1947-yil 20-iyulda Samarqand viloyati Urgut tumanining Qoratepa qishlogʻida tugʻilgan. 1971-yilda Toshkent davlat universitetining (hozirgi OʻzMU) jurnalistika fakultetini bitirgan.

Ancha yillar mobaynida „Sharq yulduzi“ jurnalining nasr boʻlimini boshqargan. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Nasr kengashida faoliyat yuritgan.

2019-yil 29-yanvarda vafot etgan.

Ijodi

Ilk hikoyalar toʻplami 1978-yil „Osmonning bir parchasi“ nomi ostida nashr etilgan. Keyinchalik „Tosh burgut“ (1979), „Sirli zina“ (1980), „Sherdor“ (1986), „Mulk“ va „Girih“ (1989), „Togʻlar, sukut saqlamang“ (1987), „Oq ajdar sayyorasi“ (2000), „Mezon burji“ (2007) nomli qissalari hamda „Afrosiyob sukunati“ (1983), „Koʻchki“ (1991) singari kitoblari chop etilgan.

Yozuvchi, shuningdek, „Mahmud Torobiy“ (1998), „Fano dashtidagi qush“ (2001), „Pahlavon Muhammad“ (2006) nomli romanlar muallifi.

Yuqori