Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Azim Israilovich Ahmadxoʻjayev (ingliz tilida: Akhmedkhadjaev Azim Israilovich, 1979-yil 12-iyul, Oʻzbekiston, SSR, SSSR, Toshkentda tugʻilgan) – oʻzbek davlat

Azim Ahmadxoʻjayev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)
Azim Isroilovich Ahmadxo‘jayev
Ахмедхаджаев Азим Исраилович
 Atom energiyasi agentligi direktori
 
Mansab davri
2024-yil 29-mart
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Bahrom Mansurov
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energiyasi agentligi direktori
Mansab davri
2024-yildan  2024-yilgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari
Mansab davri
2021-yildan  2024-yilgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Jo‘rabek Mirzamahmudov
Vorisi Baxtiyor Mamatkarimov
O‘zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari
Mansab davri
2019-yildan  2021-yilgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi lavozim joriy etilgan
Vorisi Ibrohimjon Komilov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori o‘rinbosari
Mansab davri
2018-yildan  2019-yilgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri
Mansab davri
2018-yildan  2018-yilgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Sherzod Shermatov
Vorisi Shuxrat Sadikov
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi
Mansab davri
2017-yildan  2018-yilgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Oʻtmishdoshi lavozim joriy etilgan
Vorisi Suxrob Xolmuradov
"Asaka" ATB boshqaruvi raisi
Mansab davri
2016-yildan  2017-yilgacha
Hukumat boshligʻi Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari
Mansab davri
2014-yildan  2016-yilgacha
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisining o‘rinbosari
Mansab davri
2011-yildan  2014-yilgacha
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki NBU Invest Group boshqaruvi raisi
Mansab davri
2009-yildan  2011-yilgacha
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1979-yil 12-iyul
Toshkent
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Siyosiy partiyasi O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi
Maʼlumoti Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Mukofotlari Doʻstlik ordeni

Azim Israilovich Ahmadxoʻjayev (ingliz tilida: Akhmedkhadjaev Azim Israilovich, 1979-yil 12-iyul, Oʻzbekiston, SSR, SSSR, Toshkentda tugʻilgan) – oʻzbek davlat arbobi. Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi („Oʻzatom“ agentligi) direktori lavozimida ishlab kelmoqda.

Taʼlim

Azim Ahmadxoʻjayev 2002-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan – xalqaro iqtisodiy va valyuta-kredit munosabatlari boʻyicha bakalavr hamda magistr darajasini olgan. 2003-yilda xorijda – Vullongong universiteti (Avstraliya) magistraturasida oʻqishni davom ettirdi.

Faoliyati

Mehnat faoliyatini 2003-yilda „Oʻzmarkazimpeks“ kompaniyasida boshlagan. Oʻshanda u Oʻzbekiston Iqtisodiyot vazirligi Investitsiya dasturlari boshqarmasi investitsiya loyihalari monitoringi guruhining yetakchi mutaxassisi boʻlgan. Keyinchalik u ketma-ket bosh mutaxassisdan xalqaro hamkorlik va moliyalashtirish bilan bogʻliq loyihalar rahbarigacha boʻlgan lavozimlarni egalladi. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijro etuvchi direksiyasining loyihani amalga oshirishni nazorat qilish guruhi bosh mutaxassisi, keyinchalik rahbari boʻlgan.

2007-yildan Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida faoliyatini davom ettirib, boʻlim boshligʻi oʻrinbosaridan boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari lavozimigacha koʻtarilgan. Keyinchalik Asakabank rahbari boʻlgan.

2017-2018 yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi, soʻngra Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

2019-2021 yillarda Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari lavozimida ishlagan, soʻngra markaziy idoralarga qaytgan. Dastlab 2021-yil avgustidan 2024-yil mayiga qadar energetika vazirining birinchi oʻrinbosari, 2024-yil martidan hozirgi kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi direktori lavozimida ishlab kelmoqda.

Yuqori