Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Azimjon Olimjon oʻgʻli Axmedov (1992-yil 4-yanvarda tugʻilgan) – oʻzbek futbolchisi, himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi. 2023-yildan Bekobodning „Metallurg“ klubi

Azim Ahmedov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)
Azim Axmedov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Azimjon Olimjon oʻgʻli Axmedov
Tavallud sanasi 4-yanvar 1992-yil
Tavallud joyi Namangan, Oʻzbekiston
Boʻyi 185 sm
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Metallurg
Raqami 7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Navbahor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2015 Navbahor 91 (2)
2016—2019 Paxtakor 75 (4)
2019—2022 Navbahor 80 (9)
2023 Turon 9 (0)
2023—2025 Navbahor 43 (3)
2026— Metallurg 0 (0)
Milliy terma jamoa
2016—2019 Oʻzbekiston 15 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Azimjon Olimjon oʻgʻli Axmedov (1992-yil 4-yanvarda tugʻilgan) – oʻzbek futbolchisi, himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi. 2023-yildan Bekobodning „Metallurg“ klubi futbolchisi.

Futbolchilik faoliyati

Azim Namanganning „Navbahor“ jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2010-yildan 2015-yilgacha ushbu klub tarkibida oʻynagan. Bu vaqt ichida u 91 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan. 2016-yilning yanvar oyida Toshkentning „Paxtakor“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2019-yil mavsum boshida yana sobiq klubi „Navbahor“ jamoasi safiga qaytgan.

2022-yil mavsum yakunida Yaypanning „Turon“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2023-yil yozgi transfer oynasi vaqtida „Turon“ jamoasidagi moliyaviy muammolar sababli ikki taraflama kelishuv asosida shartnomani bekor qilgan. 2023-yil 29-iyulda Navbahor jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Terma jamoa faoliyati

2014-yil 28-mayda Oʻzbekiston terma jamoasidagi debyuti oʻyinini oʻkazgan.

Yutuqlari

  • Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin sohibi: 2018, 2022
  • Oʻzbekiston Kubogi kumush medal sohibi: 2018, 2022, 2024

Shaxsiy hayoti

Oʻzbekiston terma jamoasining sobiq sardori Odil Axmedovning ukasi.

Yuqori