![]() Slutskiy CSKA bilan 2016-yilda | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Leonid Viktorovich Slutsky | ||
| Tavallud sanasi | 1971-yil 4-may | ||
| Tavallud joyi | Volgograd, RSFSR, Soviet Union | ||
| Boʻyi | 1.80 m | ||
| Ampluasi | Darvozabon | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Shanghai Shenhua (murabbiy) | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1989 | Zvezda Gorodishche | 13 | (0) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2000 | Olimpia Volgograd | ||
| 2003–2004 | Uralan Elista | ||
| 2005–2007 | Moskva | ||
| 2008–2009 | Krylia Sovetov | ||
| 2009–2016 | CSKA Moskva | ||
| 2015–2016 | Rossiya | ||
| 2017 | Hull City | ||
| 2018–2019 | Vitesse | ||
| 2019–2022 | Rubin Kazan | ||
| 2023– | Shanghai Shenhua | ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Leonid Viktorovich Slutskiy (ruscha: Леонид Викторович Слуцкий; 1971-yil 4-mayda tugʻilgan) – rossiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, Xitoy Superligasining „Shanxay Shenxua“ klubi bosh murabbiyi. U Volgogradning „Olimpiya“, „Uralan Elista“, „Moskva“, „Krilya Sovetov“, Rossiyaning SSKA, „ Xall Siti“, „Vitess“ va Qozonning „Rubin“ klublarini boshqargan.
Oʻyin karerasi
Yahudiy boʻlgan Slutskiy 19 yoshida mushukni qutqarayotganda tizzasini jarohatlaganidan soʻng oʻzining professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganini koʻrdi
Murabbiylik faoliyati
CSKA Moskva
2009-yil 26-oktyabrdaJuande Ramos oʻrniga Moskvaning CSKA bosh murabbiyi boʻldi. 2009-yilning dekabrida Slutskiy qoʻl ostida CSKA klub tarixida birinchi marta Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga chiqqan. Chorak finalda 2010-yilgi turnir gʻolibi, José Mourinho boshchiligidagi „Inter“ jamoasiga magʻlub boʻlgan.
2012-13 yilgi mavsumda Slutskiy jamoa himoyasini kuchaytirgan va hujumni qayta tashkil qilgan. Klub oʻyinida oʻzgarishlar jamoaga gol oʻtkazmasdan 15 oʻyinlik rekordini oʻrnatishga yordam bergan. Jamoa birinchi boʻlib gol urgan barcha oʻyinlarda gʻalaba qozongan va mavsum yakunida chempionlikka olib kelgan.
2015-yilning 7-avgustida Slutskiy Rossiya terma jamoasini tark etgan Fabio Kapello oʻrniga bosh murabbiy boʻlishi eʼlon qilingan. Shartnoma UEFA Yevro-2016 saralash bosqichi oxirigacha tuzilgan. Slutskiy saralash bosqichidagi barcha oʻyinlarda gʻalaba qozongan va Rossiyani UEFA Yevro-2016 turniriga olib chiqqan.
2015-yil 14-noyabr kuni Rossiya terma jamoasi oʻrtoqlik oʻyinida Portugaliyani 1:0 hisobida magʻlub etgan va Slutskiy Pavel Sadirinning Rossiya bosh murabbiyi sifatidagi beshta oʻyinida gʻalaba qozongan muvaffaqiyatini takrorlagan.
2016-yilning 21-may kuni CSKA „Rubin“ jamoasini 1:0 hisobida magʻlub etib, mavsumdagi kutilmagan raqib „Rostov“ klubini ortda qoldirib, chempionlikni qoʻlga kiritgan. Bu Slutskiyga Moskva klubi bilan toʻrt yil ichida uchinchi chempionligini taqdim etgan.
2016-yil 20-iyunda Slutskiy Uels terma jamoasiga 3:0 hisobida magʻlub boʻlganidan soʻng Rossiya terma jamoasi murabbiyligidan isteʼfoga chiqishga qaror qilgan. Bu magʻlubiyat Rossiyaning Yevro-2016 guruhida oxirgi oʻrinni egallashini anglatar edi. Leonid 25-iyun kuni isteʼfoga chiqqan.
2016-yil 6-dekabrda Slutskiy CSKA bosh murabbiyligidan isteʼfoga chiqqanini eʼlon qildi. Uning soʻnggi oʻyini Chempionlar ligasi guruh bosqichida „Tottenxem“ jamoasiga qarshi oʻyin boʻlgan.
Keyingi faoliyati
2023-yilning 27-dekabrida Leonid Xitoy Superligasining „Shanghai Shenhua“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan. U 2024-yilning 1-yanvarida rasman klub boshqaruvini qabul qilgan.
Televizion sharhlovchilik faoliyati
Slutskiy koʻp marta Rossiya televideniesida futbol oʻyinlarini sharhlagan. Sharhlovchi sifatida „navalniy futbol“ atamasini koʻp marta ishlatgani uchun va „Navalniy“ soʻzini takrorlaganidan soʻng uning sharhlovchilik faoliyati televidiniyada yakunlangan. „Navalniy“ atamasini futbolga bogʻlab aytgan boʻlsada, ayni paytda muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalniyning familiyasi edi. Bu voqea uning 2018-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati televideniyesi eksperti lavozimidan chetlatilishiga olib keldi.
Murabbiylik statistikasi
- natijalar 2024-yil 21-may holatiga koʻra toʻgri
| Jamoa | Dan | Gacha | Natijalar | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| G | W | D | L | GF | GA | GD | Win % | |||
| Moskva | 2005-yil 14-iyul | style="text-align:center" |89 | 39 | 26 | 24 | 120 | 102 | +18 | 43,82 | |
| Krylia Sovetov | 2008-yil 1-yanvar | style="text-align:center" |59 | 22 | 19 | 18 | 77 | 61 | +16 | 37,29 | |
| CSKA Moskva | 2009-yil 26-oktyabr | style="text-align:center" |287 | 160 | 57 | 70 | 474 | 284 | +190 | 55,75 | |
| Russia | 2015-yil 7-avgust | style="text-align:center" |13 | 6 | 2 | 5 | 23 | 17 | +6 | 46,15 | |
| Hull City | 2017-yil 9-iyun | style="text-align:center" |21 | 4 | 7 | 10 | 34 | 39 | −5 | 19,05 | |
| Vitesse | 2018-yil 12-mart | style="text-align:center" |62 | 27 | 15 | 20 | 114 | 90 | +24 | 43,55 | |
| Rubin Kazan | 2019-yil 19-dekabr | style="text-align:center" |98 | 39 | 24 | 35 | 126 | 127 | −1 | 39,80 | |
| Shanghai Shenhua | 2023-yil 30-dekabr | style="text-align:center" |27 | 21 | 5 | 1 | 62 | 12 | +50 | 77,78 | |
| Jami | 656 | 318 | 155 | 183 | 1 030 | 732 | +298 | 48,48 | ||
Yutuqlar
CSKA Moskva
- Rossiya Premyer-ligasi: 2012–13, 2013–14, 2015–16
- Rossiya kubogi: 2010–11, 2012–13
- Rossiya Superkubogi: 2013, 2014
Shanxay Shenxua
- Xitoy Liga kubogi: 2024-yil
- 4-mayda tugʻilganlar
- 1971-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- SSSR erkak futbolchilari
- Yahudiy erkak futbolchilari
- Rossiyalik futbol murabbiylari
- Rossiya Premyer-ligasi murabbiylari
- PFC CSKA Moskva murabbiylari
- FC Rubin Qozon murabbiylari
