Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Leonard Eyler (talaffuzi: Leonard Eyler; 15-aprel 1707-yil — 18-sentyabr 1783-yil) — shveysariyalik matematik, mexanik va fizik olim, Peterburg Fanlar akademiya

Leonhard Euler

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Leonard Eyler
Tavalludi 4-aprel 1707-yil
Vafoti 18-sentyabr 1783-yil(1783-09-18)
(76 yoshda)
Fuqaroligi Old Swiss Confederacy, Rossiya Imperiyasi va Prussiya qirolligi

Leonard Eyler (talaffuzi: Leonard Eyler; 15-aprel 1707-yil — 18-sentyabr 1783-yil) — shveysariyalik matematik, mexanik va fizik olim, Peterburg Fanlar akademiyasi aʼzosi. Berlin Fanlar akademiyasi prezidenti (1759-yildan). 1720—24-yillarda Bazel (Shveysariya) universitetida oʻqib, matematikadan I. Bernulli maʼruzalarini tinglagan. Peterburg Fanlar akademiyasida ishlab, Fanlar akademiyasi bilan ilmiy aloqalarni uzmay Berlin Fanlar akademiyasida ishlagan. Asosiy ilmiy ishlari oʻsha davr matematikasining barcha sohalariga, mexanika, elastiklik nazariyasi, matematik fizika, optika, musiqa nazariyasi, mashinalar nazariyasi, ballistika, dengiz fani va boshqalarga oid. Eylerning osmon mexanikasi, tutash muhitlar mexanikasi va optikadagi kashfiyotlari salmoqli oʻrin egallaydi.

U shuningdek 8chi mukammal sonni va F5 format sonining kanonik yoyilmasini chiqargan. Eyler variatsion hisob, sonlar nazariyasi, analitik va maxsus funksiyalar nazariyasi, differensial tenglamalar nazariyasi va sirtlar nazariyasi kabi sohalarga asos solgan. U kiritgan „Eyler burchaklari“ mexanikada muhim oʻrin tutadi. Qator ilmiy ishlari analitik geometriya, qatorlar nazariyasi va topologiyaga oid (qarang Eyler formulalari).

Yuqori