Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Anbar Otin Farmonqul qizi Qoʻqonda kambagʻal kosib oilasida tugʻilgan. Otasi Farmonqul asli Margʻilonlik boʻlib, shoira Uvaysiyning jiyani boʻlgan. Onasi Ashurb

Anbar Otin

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Vikipediyada ismi Anbar boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Anbar Otin — qoʻqonlik shoira. U 1870—1906 yil olamdan koz yumgan

Hayoti

Anbar Otin Farmonqul qizi Qoʻqonda kambagʻal kosib oilasida tugʻilgan. Otasi Farmonqul asli Margʻilonlik boʻlib, shoira Uvaysiyning jiyani boʻlgan. Onasi Ashurbibi qoʻqonlik bir kosibning qizi boʻlgan.

Ijodi

Anbar 7 yoshidan boshlab oʻz mahallasidagi Dilshod otinning maktabida taʼlim oladi. Navoiy va Uvaysiylarni ustoz deb hisoblagan. 1905-yilda Anbar Otin devon tuzib, unga 41 gʻazal, 4 muxammas, bir qit’a, bir mustahzod va sheʼriy tarjimai holini kiritgan.

Anbar Otin — lirik shoira. Uning lirikasida sof sevgi tarannum etiladi. U ayol qalbini, his-tuygʻularini oʻziga xos kuylovchi shoira. Shoiraning devoni mavjud.

Shoira ijodida oʻz davrining ijtimoiy-siyosiy, sotsial muammolari koʻtarib chiqilgan. Istiqbolni kuylovchi mavzular keng oʻrin egallaydi.

Asarlari

Asarlari: „Mushoira“ nomli risola, „Qoralar falsafasi“ („Falsafai siyohon“), „Alifbo“, „Ey goʻzal Fargʻona, oʻzinga kel endi shod qil“ va boshqalar

Adabiyotlar

  • Anbar Otin. Sheʼrlar. Risola. Toshkent, 1970.
  • Husainova F. Demokrat shoira Anbar Otin. Toshkent, 1964.
  • Karimov Gʻ. Oʻzbek adabiyoti tarixi. Toshkent, 1975.
  • Oʻzbek adabiyoti tarixi, 5-jildlik, 5-jild. Toshkent, 1980.
Yuqori