Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Lazar Mojsov (1920-yil 19-dekabr – 2011-yil 25-avgust) makedoniyalik jurnalist, kommunistik siyosatchi va diplomat boʻlgan.

Lazar Mojsov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Lazar Mojsov
Лазар Мојсов

Mojsov, 1977-yillar atrofida
34-Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Prezidenti
Mansab davri
1977  1978
Oʻtmishdoshi Hamilton Shirley Amerasinghe
Vorisi Indalecio Liévano
Yugoslaviya prezidenti
Mansab davri
15-may, 1987-yil  15-may, 1988-yil
Oʻtmishdoshi Sinan Hasani
Vorisi Raif Dizdarević
15-Yugoslaviya Vitse-prezidenti
Mansab davri
15-may, 1986-yil  15-may, 1987-yil
Oʻtmishdoshi Sinan Hasani
Vorisi Hamdija Pozderac
Yugoslaviya Kommunistlar Ligasining Markaziy Qo'mitasi Raisi
Mansab davri
20-oktabr 1980-yil  20-oktabr 1981-yil
Oʻtmishdoshi Stevan Doronjski
Vorisi Dušan Dragosavac
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 19-dekabr 1920-yil
Negotino, Serblar, Xorvatlar va Slovenlar Qirolligi
Vafoti 25-avgust 2011-yil(2011-08-25)
(90 yoshda)
Belgrad, Serbiya
Siyosiy partiyasi Yugoslaviya Kommunistlar Ligasining aʼzosi
Taʼlim Belgrad universiteti

Lazar Mojsov (1920-yil 19-dekabr – 2011-yil 25-avgust) makedoniyalik jurnalist, kommunistik siyosatchi va diplomat boʻlgan.

Biografiyasi

Lazar Mojsov Belgrad universiteti yuridik fakultetida doktorlik darajasini olgan.

Mojsov Ikkinchi jahon urushi paytida fashizmga qarshi partizanlar safiga qoʻshilib, 1945-yildan keyin Yugoslaviya kommunistlar ligasi tarkibida oʻz tajribasini oshirib bordi. Mojsov 1948-yildan 1951-yilgacha Makedoniya Sotsialistik Respublikasi bosh prokurori lavozimida ishlagan. Keyingi ikki oʻn yillik davomida Majsov Yugoslaviya va Makedoniya parlamentlarining aʼzosi hamda gazeta muharriri sifatida faoliyat yuritgan.

Bu davrda Mojsov diplomatik faoliyatini boshlagan, 1958-1961-yillarda Yugoslaviya elchisi sifatida Sovet Ittifoqi va Mo‘g‘ulistonda, 1967-1969-yillarda esa Avstriyada xizmat qilgan. 1969-yildan 1974-yilgacha Majsov Birlashgan Millatlar Tashkilotida, Gayanada va Yamaykada Yugoslaviya elchisi boʻlgan.

1974-1982-yillarda Mojsov Yugoslaviya tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari boʻlgan, 1977-1978-yillarda esa BMT Bosh Assambleyasining prezidenti lavozimida ishlagan. 1980-1981-yillarda Yugoslaviya Kommunistlar Ligasi Markaziy Qoʻmitasining raisi boʻlgan, 1982-yil mayidan 1984-yil mayigacha esa tashqi ishlar vaziri lavozimida ishlagan. 1984-1989-yillarda Yugoslaviya kollektiv prezidiumi aʼzosi boʻlgan va 1987-1988-yillarda Yugoslaviya prezidenti lavozimida ishlagan.

Mojsov xalqaro munosabatlar mavzusida maʼruzalar oʻqigan va maqolalar yozgan.

Lazar Mojsov 2011-yil 25-avgust kuni 90 yoshida Belgrad shahrida vafot etdi. Mojsov Belgradning „Novo groblje“ qabristonida dafn qilindi.

Yana qarang

Shimoliy Makedoniyada prezidentlik saylovlari (2024)

Yuqori