Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Kobul universiteti (KU;د کابل پوهنتون/ دانشگاه کابل)Afg‘onistondagi eng yirik va eng qadimgi oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi. Universitet poytaxt K

Kobul universiteti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kobul universiteti
Xalqaro nomi
Kabul university
Turi Universitet
Asos solingan sanasi noyabr 1932 (93 yil avval) (1932-11)
Prezidenti Osama Aziz
Talabalari 22,000
Joylashuvi
Qobul
,
Afg'oniston
Veb-sayti tsue.uz

Kobul universiteti (KU;د کابل پوهنتون/ دانشگاه کابل)Afg‘onistondagi eng yirik va eng qadimgi oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi. Universitet poytaxt Kobul shahrining 3-okrugida, Oliy ta’lim vazirligi yaqinida joylashgan. U 1931-yilda oʻsha davrdagi qirol Muhammad Nodirshoh tomonidan asos solingan boʻlib, uning ukasi Sardor Muhammad Hoshimxon ayni paytda mamlakat bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. Kobul universitetida qariyb 22 ming nafar talaba tahsil oladi. 2021-yil avgust oyida, Tolibon hokimiyatni egallashidan avval, talabalarining deyarli yarmi ayollardan iborat boʻlgan.

Tarixi

1950-yillar oxiri yoki 1960-yillar boshlarida Biologiya sinfi

Dastlabki tarixi

Kobul universiteti 1932-yilda qirol Muhammad Nodirshoh hukmronligi davrida hamda Bosh vazir Muhammad Hoshimxon hukumati davrida tashkil etilgan. Bir yil oʻtgach, universitet mamlakatning turli hududlaridan kelgan talabalar uchun oʻz eshiklarini ochgan. Universitet faoliyatining ilk davrlarida Turkiya, Fransiya, Germaniya va AQSH hukumatlari bilan hamkorlikdan ham foyda koʻrgan.

Kobuldagi birinchi tibbiyot fakulteti 1932-yilda Komil Rifqi Urga boshchiligidagi bir guruh turk tibbiyot va jarrohlik professorlari tomonidan Aliobod hududida tashkil etilgan. Ushbu fakultet bilan bir qatorda turk meʼmorlari hamda oʻqituvchi-shifokorlar rahbarligi va nazorati ostida birinchi oʻquv-universitet shifoxonasi — Aliobod kasalxonasi ham barpo etilgan.

1936-yilda esa ayni kampus hududida turkiyalik Mehmed Ali Dagʻpinar tashabbusi bilan Huquq va siyosiy fanlar fakulteti tashkil etilgan boʻlib, mazkur fakultet huquqshunoslik yoʻnalishi boʻyicha talabalarni qabul qila boshlagan.

2001-2021

Zalmay Xalilzod va Ashraf G'anining 2005-yil Kobul universtietiga tashrifi

2001-yil oxirida „Tolibon“ hukumati agʻdarilgandan soʻng, xalqaro hamjamiyat Afgʻonistondagi taʼlim muassasalarini qayta tiklashga alohida eʼtibor qaratdi. 2004-yil yanvar holatiga koʻra, universitet kampusida atigi 24 ta kompyuter mavjud edi.

Universitetni tiklash dasturi doirasida toʻrtta xorijiy universitet, jumladan, Purdue universiteti va Arizona universiteti bilan hamkorlik oʻrnatildi. Shuningdek, 2002-yilda Germaniya Akademik almashinuv xizmati (DAAD) hamda Berlin texnika universiteti bilan hamkorligida Axborot texnologiyalari markazi tashkil etildi.

Mamlakat boʻyicha oliy taʼlimda tahsil olayotgan talabalar soni 2002-yildagi 22 717 nafardan 2008-yilda 56 451 nafarga yetdi. 2008-yilga kelib, Kobul universitetida 9 660 nafar talaba tahsil olgan boʻlib, ularning 2 336 nafari (24 foizi) ayollar edi.

2008-yilda Kobul universiteti kampusi Kobul universitetining Axborot texnologiyalari markazi (ITCK) tomonidan mahalliy tarmoq infratuzilmasi bilan taʼminlandi. Kampusdagi har bir bino universitet tarmogʻiga ulangan boʻlib, optik tolali magistral orqali internet aloqasi bilan taʼminlangan. Shuningdek, IP (VoIP) texnologiyasi orqali ovozli aloqa ham tarmoq loyihasining tarkibiy qismi sifatida joriy etilgan.

2019-yil 19-iyul kuni universitet tashqarisida bomba oʻrnatilgan avtomobil portlashi oqibatida 8 kishi halok boʻldi, yana 33 kishi yaralandi.

Yuqori