| Kichik oʻradaryo | |
|---|---|
| Tavsif | |
| Uzunligi | 93 |
| Suv sarfi | 2,4 m³/s |
| Davlat | Oʻzbekiston |
Kichik Oʻradaryo - Qashqadaryo viloyatidagi daryo. Gʻuzordaryoning chap irmogʻi. Hisor tizmasining gʻarbiy qismidagi Oʻlmas togʻidan (2500–2700 m) boshlanadi. Uz. 93 km, havzasining maydoni 1588 m2. Yirik irmoqlari Shirindaryo (17 km), Qoradahana (25 km), Goʻrota (20 km) va boshqa Qor, mavsumiy yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 2,4 m³/sek. Mart-mayda suvi koʻpayadi. Asosan, sugʻorishga sarflanadi.
Turkumlar::
- Alfavit boʻyicha daryolar
- Qashqadaryo viloyati daryolari