Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Joʻrabek Rahimovich Rahimov — oʻzbek iqtisodchisi, davlat arbobi. 2022-yildan Xorazm viloyati hokimi. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi. Xalq depu

Joʻrabek Rahimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Joʻra va familiyasi Rahimov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Joʻrabek Rahimovich Rahimov
 Xorazm viloyati hokimi
 
Mansab davri
2022-yil 16-dekabrdan
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Farhod Ermanov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1981-yil 10-iyul (1981-07-10) (44 yosh)
Shovot tumani, Xorazm viloyati
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Joʻrabek Rahimovich Rahimov — oʻzbek iqtisodchisi, davlat arbobi. 2022-yildan Xorazm viloyati hokimi. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi. Xalq deputatlari Qoʻshkoʻpir tuman Kengashi deputati.

Hayoti

Maʼlumoti

2003-yilda Toshkent davlat agrar universitetini, 2005-yilda Toshkent davlat agrar universiteti magistraturasini, 2012-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tugatgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi olim-agronom, iqtisodchi.

Mehnat faoliyati

1997—1998 — Shovot tumani Guliston shirkat xoʻjaligi aʼzosi.

1998—1999 — Shovot tumani „Matqurbon Botir“ fermer xoʻjaligi rahbari. 

1999—2003 — Toshkent davlat agrar universiteti talabasi (sirtqi).

2000—2003 — Shovot tumani „Matqurbon Botir“ fermer xoʻjaligi rahbari.

2003—2005 — Toshkent davlat agrar universiteti magistranti.

2005—2006 — Shovot tumani „Matqurbon Botir“ fermer xoʻjaligi rahbari.

2006—2007 — Shovot tumani oʻsimliklarni himoya qilish markazi otryadi yetakchi agronomi, markaz direktori.

2007—2008 — Shovot tumani hokimligi ish yurituvchisi.

2008—2011 — Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi Shovot tumani vakilligi direktori.

2011—2013 — Shovot tumani qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻining agrotexnologiya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari.

2011—2013 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyati qurilishi akademiyasi tinglovchisi.

2013—2013 — Shovot tumani qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi.

2013—2016 — Xorazm viloyati qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi.

2016—2018 — Bogʻot tumani hokimi.

2018—2022 — Qoʻshkoʻpir tumani hokimi.

2022—2023 — Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi.

2023-yildan — Xorazm viloyati hokimi.

Mukofotlari

2017-yilda Sodiq xizmatlari uchun medali bilan mukofotlangan.

2024-yil 24-avgustda Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan.

Yuqori